Kontent qismiga oʻtish

Marko Polo

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Marko Polo
italyancha: Marco Polo
Tavalludi 1254 yil 15 sentyabr
Vafoti 1324 yil 8 yanvar
Venesiya, Venetsiya Respublikasi
Fuqaroligi Venetsiya Respublikasi
Otasi Niccolò Polo

Marko Polo (italyancha: Marco Polo; 1254 yil 15 sentyabr, Venesiya — 1324 yil 8 yanvar, Venesiya) — italiyalik sayyoh va yozuvchi. M. P. 1271—75 yillarda venetsiyalik savdogarlar bilan birga kemada Kichik Osiyo yarim orolning jan.-sha-rqiy sohillariga, u yerdan Bagʻdod, Basra, Tabriz va Kermonga kelgan, soʻngra Balx, Qashqar, Xotan, Kampichu (Gan-chjou) shaharlari va Gobi choʻlini kesib oʻtib Qoraqurumga yetib borgan. M. P. Xitoyda 17 yil yashagan, Xubilayxon saroyida 1292-yilgacha uning xizmatida boʻlgan. U mamlakatning turli viloyatlarini borib koʻrgan. M. P. Xonbaliq (Pekin) shahridan myanmaliklarning ilk davlati Paganning 11 —13-asrlardan poytaxti boʻlgan Pagan shahriga (mamlakat markazida) sayohat qilib, yana orqaga qaytgan. Soʻngra Janubiy Xitoy dengizi, Bengaliya qoʻltigʻi, Arabiston dengizi, Eron orqali 1295-yil vataniga qaytib borgan.

Marko Polo kitobi
yoʻnalish

Rustichano bilan birga "Marko Polo kitobi"ni (1298) yozib qoldirgan. Bu asar Kavkaz xalq^ari, Eron, Xitoy, Mongoliya, Hindiston, Indoneziya va boshqa mamlakatlar geografiyasi, etnografiyasi va tarixi haqida muhim maʼlumotlar beradi; shuningdek, unda xalq udumlari, rivoyatlar, ertaklar ham bor. Boshqa Yevropa tillariga tarjima qilingan bu kitob 14—16-asrlarda yashagan dengizchilar, yozuvchilar va haritashunoslar (jumladan X. Kolumb va L. Ariosto)ga taʼsiri katta boʻlgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil