Gobi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Gobi moʻgʻ.: Говь, xitoycha: 戈壁 (沙漠) | |
42°30′0″N 103°0′0″E / 42.50000°N 103.00000°E | |
Mamlakatlar | Xitoy Moʻgʻuliston |
Joylashuvi | Osiyo |
Uzunlik | 1 500 km |
Kenglik | 800 km |
Maydoni | 1 300 000 km² |
Gobi (mongolcha gov — suvsiz joy) — 1) Markaziy Osiyodagi choʻl, chala choʻl landshaftli joylarning umumiy nomi. Gobining yer yuzasi tekis, oʻsimligi siyrak, tuprogʻi koʻpincha toshli, shoʻrlangan boʻladi, oqar suvlari boʻlmaydi. Grunt suvlaridan chorvachilikda foydalaniladi; 2) Markaziy Osiyodagi katta choʻl. Mongoliya bilan Xitoy hududida. Gʻarbda Beyshan togʻlari bilan, sharqda Katta Xingan togʻlari, shim.da Mongoliya Oltoyi va Xangay togʻlari, jan.da Nanshan va Oltintogʻ bilan chegaralanadi. Uz. 2000 km chamasida, mayd. qariyb 2 mln. km2. Koʻp qismining bal. 900–1200 m. Ayrim togʻlarning nisbiy bal. 1800 m. Qad. daryolarning quruq oʻzanlari, terrasa va vodiylarning izlari saqlangan. Tektonik harakatlar davom etmoqsa. Gobida toshloq, gilli, qumli, shoʻrxok joylar koʻp. Taqirlar uchraydi. Iqlimi keskin kontinental. Qishda antitsiklonlar vujudga keladi, havo ochiq boʻlib qattiq sovuq boʻladi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —25°, baʼzi kunlar —40° gacha pasayadi. Iyulda 25°, baʼzan 45° gacha koʻtariladi. Yillik yogʻin Alashan Gobisining shim.-gʻarbida 68 mm dan Mongoliyaning shimoli-sharqida 200 mm gacha. Tuproklari kashtan, qoʻngʻir, boʻz tuproqlar. Asosiy oʻsimliklari shuvoq, chalov, shoʻra, saksovul va b. Gobi dasht va choʻllari asosan qoʻy boqiladigan yaylovdir. Aholi chorvachilik bilan shugʻullanadi. Dehqonchilik faqat daryo vodiylaridagina rivojlangan. Mongoliya hududida Katta Gobi qoʻriqxonasi bor.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |