Kontent qismiga oʻtish

Bahromjon Aʼloyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bahromjon Joʻraboyevich Aʼloyev
 Oʻzbеkistоnning Iroqdagi elchisi
 
Mansab davri
2019-yildan – 2022-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi ?
 Oʻzbеkistоnning Qatardagi elchisi
 
Mansab davri
2018-yildan – 2022-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi ?
 Oʻzbеkistоnning Quvaytdagi elchisi
 
Mansab davri
2016-yildan – 2022-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi ?
 Oʻzbеkistоnning Portugaliyadagi elchisi
 
Mansab davri
2009-yildan – 2012-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi ?
 Oʻzbеkistоnning Fransiyadagi elchisi
 
Mansab davri
2008-yildan – 2012-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi Ravshan Usmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-aprel 1963-yil (1963-04-20) (61 yosh)
Namangan
Mukofotlari

Bahromjon Joʻraboyevich Aʼloyev – oʻzbek diplomati, filolog. Oʻzbekistonning Fransiya, Portugaliya, Qatar, Quvayt va Iroq davlatlaridagi sobiq elchisi[1].

1963-yil 20-aprelda Namangan viloyatida tugʻilgan. Filologiya fanlari nomzodi. Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasiga ega. Fransuz va ingliz tillarini biladi.

1980—1985 – Toshkent davlat chet tillar instituti talabasi.

1985—1989 – Moskva davlat chet tillar instituti magistranti.

1994—1995 – Yevropa Ittifoqi dasturi doirasida Fransiyaning Eks-An-Provans shahridagi korxonalarni boshqarish instituti va Ruan shahridagi Oliy savdo maktabida maxsus kurslar tinglovchisi.

1997—1998 – Parij xalqaro diplomatiya akademiyasi tinglovchisi.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989—1990 – Toshkent davlat chet tillar institutida fransuz tili oʻqituvchisi.

1990—1993 – Harbiy xizmat.

1993—1995 – Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida katta oʻqituvchi.

1995—1996 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasida uchinchi kotib.

1996—1999 – Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasida uchinchi kotib.

1999—2001 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasida birinchi kotib.

2001—2006 – Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi elchixonasida birinchi kotib, maslahatchi.

2006—2008 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi MDH mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2008—2012 – Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi[2].

2009—2012 – Oʻzbekiston Respublikasining Portugaliya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2012—2014 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2014—2016 – Oʻzbekiston Respublikasining Quvayt davlatidagi elchixonasi maslahatchisi.

2016—2022 – Oʻzbekiston Respublikasining Quvayt davlatidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2018—2022 – Oʻzbekiston Respublikasining Qatar davlatidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2019—2022 – Oʻzbekiston Respublikasining Iroq Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2022-yil 14-noyabrdan 2023-yil 29-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari[3].

2023-yil 29-dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

Oilali. Ikki nafar farzandi bor[4].

2024-yil 24-avgustda Sodiq xizmatlari uchun medali bilan mukofotlangan[5].