Kontent qismiga oʻtish

Bajaliy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bajaliy, Abubakr Roziy Abu Muhammad bin Abdulloh Roziy“Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Abubakr Baykandiyning shogirdi. Koʻp shayxlar suhbatidan bahramand boʻlgan. Tasavvuf tarixi haqida asar yozgan. Sullamiy oʻz tazkirasiga uning asarini asos qilib olgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan[1][2].

  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”. 
  2. Alisher Navoiy. “Nasoyim ul-muhabbat”.