Bakr al-Ustrushaniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bakr ibn Yamon al-Ustrushaniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1125-yil (hijriy 519-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Bakr ibn Yamon al-Ustrushaniy (milodiy 1125-yil, hijriy 519-yili Samarqandda vafot etib, Chokardiza qabristoniga dafn etilgan) — muhaddis. U Ustrushanada tavallud topgan va dastlabki ilmlarni oʻsha yerda olib, keyinchalik ilm-maʼrifat yo‘lida Samarqandga ko‘chib o‘tadi. U ulamolardan, ulamolar esa undan hadis rivoyat qilganlar. Uning Samarqandda shaxsiy madrasasi bo‘lib, u yerda tolibi ilmlarga hadis, fiqh ilmlaridan saboq bergan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 72 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.