Balear kaltakesagi
Balear Kaltakesagi | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||
|
Balear kaltakesagi[1], yoki Lilford kaltakesagi (lotincha: Podarcis lilfordi) – haqiqiy kaltakesaklar (Lacertidae) oilasiga mansub devor kaltakesaklari turi. Mayorka va Menorka orollari, shuningdek, Oʻrta yer dengizidagi Balear orollari arxipelagining kichik orollari uchun endemiklardir.
Tashqi koʻrinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kattalar uzunligi 8 sm ga yetadi va dumi tanadan 1,8 baravar uzunroqdir. Tanasining rang odatda yashil yoki jigarrang, lekin turli orollardagi kichik turlar orasida farq qilishi mumkin. Orqa qismi odatda tana boʻylab bir nechta uzun chiziqlar bilan tavsiflanadi. Yon tomonlari odatda toʻrli, pastki qismi esa oq yoki pushti rangga ega. Voyaga yetmaganlarning quyruqlari baʼzida koʻk rangda boʻladi.
Turmush tarzi va ovqatlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balear kaltakesagi odamlardan qoʻrqmaydi. Asosan hasharotlar, oʻrgimchaklar va boshqa artropodlar, mollyuskalar va baʼzi oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Balear orollariga endemik boʻlgan baʼzi oʻsimlik turlari ushbu kaltakesaklar orqali changlanadi. Kaltakesaklar koʻpincha qush uyalari yaqinida yashaydilar: ular chaykalar polaponlari uchun tashlagan oziq-ovqat qoldiqlarini yeyishadi, baʼzan esa yirtqichlarning ozuqa qoldiqlari, shuningdek, uya atrofida toʻplangan pashshalar bilan oziqlanadilar[2].
Koʻpayish asosan yozda sodir boʻladi va urgʻochilar oʻrtacha ogʻirligi 63 gramm boʻlgan, bittadan toʻrttagacha tuxum qoʻyishi mumkin va ushbu tuxumlarning hajmi, ushbu turdagi kaltakesaklar uchun juda kattadir. Taxminan sakkiz haftada tuxumdan chiqadi va tumshugʻidan dumining boshigacha taxminan 3-3,5 sm uzunlikda boʻladi[3].
Kichik turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balear kaltakesakining 27 kichik turi tavsiflangan, ular yashash joylariga qarab guruhlarga boʻlinadi.
Menorka
[tahrir | manbasini tahrirlash]Menorka atrofidagi orollarda quyidagi kichik turlar yashaydi:
- Podarcis lilfordi fenni
- Podarcis lilfordi porrosicola
- Podarcis lilfordi balearica
- Podarcis lilfordi sargantanae
- Podarcis lilfordi addayae
- Podarcis lilfordi carbonerae
- Podarcis lilfordi brauni
- Podarcis lilfordi rodriquezi
- Podarcis lilfordi lilfordi
- Podarcis lilfordi codrellensis
Mayorka
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mayorka atrofidagi orollarda quyidagi kichik turlar yashaydi:
- Podarcis lilfordi gigliolii
- Podarcis lilfordi hartmanni
- Podarcis lilfordi toronis
- Podarcis lilfordi isletasi
- Podarcis lilfordi jordansi
- Podarcis lilfordi colomi
Kabrera
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi kichik turlar Kabrera va uning atrofidagi orollarda yashaydi:
- Podarcis lilfordi fahrae
- Podarcis lilfordi pobrae
- Podarcis lilfordi planae
- Podarcis lilfordi espongicola
- Podarcis lilfordi conejerae
- Podarcis lilfordi kuligae
- Podarcis lilfordi estelicola
- Podarcis lilfordi xapaticola
- Podarcis lilfordi imperialensis
- Podarcis lilfordi nigerrima
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Perechen vidov mlekopitayuщix, ptits, reptiliy, amfibiy, rib i bespozvonochnix, eksport, reeksport i import kotorix, a takje ix chastey ili derivatov reguliruetsya v sootvetstvii s Konvensiey o mejdunarodnoy torgovle vidami dikoy fauni i flori, naxodyaщimisya pod ugrozoy ischeznoveniya (SITYeS) // Spravochnie materiali po normativno-pravovomu obespecheniyu deyatelnosti zooparkov i pitomnikov Rossiyskoy Federatsii (chast I). Vestnik informatsionnogo sentra YeARAZA (Wayback Machine saytida 2023-04-07 sanasida arxivlangan). – M.: Informatsionniy sentr YeARAZA, 2005. – S. 253. – 274 s.
- ↑ Perez-Mellado, Valentin; Ortega, Felisa; Martin-Garcia,Sandra; Perea, Ana; Cortázar, Gloria. Pollen load and transport by the insular lizard Podarcis lilfordi (Squamata, Lacertidae) in coastal islets of Menorca (Balearic Islands, Spain)(ingl.) // Israel Journal of Zoology : journal. — 2000. — Vol. 46, no. 3. — P. 193—200. — DOI:10.1560/QMY9-PXWF-AG43-RP6F.
- ↑ Castilla, Aurora M.; Bauwens, Dirk. Reproductive Characteristics of the Island Lacertid Lizard Podarcis lilfordi(ingl.) // Journal of Herpetology : journal. — 2000. — Vol. 34, no. 3. — P. 390—396. — JSTOR 1565362.