Kontent qismiga oʻtish

Banu Saʼlabaga birinchi hujum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Banu Saʼlabaga birinchi hujum
Sanalar Milodiy 627-yil avgust (hijriy 6-yil)
Urush yeri Gʻamroh, Jizan viloyati, Arabiston
Natija Hujum muvaffaqiyatsiz yakunlangan:
* Musulmonlarning 9 nafari pistirmadan qoʻlga olingan va oʻldirilgan[1]
Qoʻmondonlar
Muhammad ibn Maslama Nomaʼlum
Kuchlar
10 100

Banu Saʼlabaga birinchi bosqin Muhammad ibn Maslama[2][3] boshchiligida hijriy 6-yilning 4-oyida (milodiy 627-yil avgust) boʻlib oʻtgan.

Islom paygʻambari Muhammad Madinadan yetti chaqirim uzoqlikdagi yam-yashil yaylovli Hayfa yaqiniga oʻtlash uchun katta tuyalar suruvini joʻnatadi. Doimiy qurgʻoqchilik tufayli Gʻatafon qabilasining bir qismi boʻlgan Banu Saʼlaba podadan bir qancha qoʻylarni oʻgʻirlash harakatiga tushadi.

Qabila vakillarining harakatlaridan shubhaga tushgan Muhammad oʻzining ishonchli vakili Muhammad ibn Maslamani 10 kishilik boʻlinmaga bosh qilib Banu Saʼlaba qabilasiga qarshi yuboradi.

Banu Saʼlaba qabilasi yaqinlashib kelayotgan hujumdan allaqachon xabar topgan edi. Shuning uchun ular musulmon askarlarining yoʻlini poylab turgan boʻlishadi. Musulmonlar tunda uxlash uchun tayyorgarlik koʻrayotgan bir vaqtda Banu Saʼlaba 100 kishi bilan ularga pistirma qoʻyadi. Qisqa qarshilikdan soʻng Muhammad ibn Maslamaning barcha odamlari oʻldiriladi. Uning oʻzi esa dushman hujumidan zoʻrgʻa qochishga muvaffaq boʻladi, yoʻlda uni bir musulmon koʻrib qoladi va Madinaga qaytishiga yordam beradi. Musulmonlarning Banu Saʼlaba qabilasiga birinchi hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlanadi.

  1. Mubarakpuri, Saifur Rahman Al (2005), The Sealed Nectar, Darussalam Publications, 205-bet, ISBN 9798694145923[sayt ishlamaydi]
  2. Hawarey, Mosab. The Journey of Prophecy; Days of Peace and War (Arabic). Islamic Book Trust, 2010. ISBN 9789957051648. Note: Book contains a list of battles of Muhammad in Arabic, English translation available here
  3. Tabari, Al (2008), The foundation of the community, State University of New York Press, 119-bet, ISBN 978-0-88706-344-2