Kontent qismiga oʻtish

Muhammadning harbiy faoliyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Muhammadning harbiy faoliyati (570-yil–632-yil 8-iyun) Islom paygʻambari hayotining soʻnggi oʻn yilida, 622-yildan 632-yilgacha boʻlgan gʻarbiy Arabiston yarim orolining Hijoz mintaqasi boʻylab bir nechta ekspeditsiya va janglarni oʻz ichiga oladi. Uning asosiy yurishi Makkadagi oʻz qabilasi Qurayshga qarshi edi. Muhammad 610-yillar atrofida oʻzini paygʻambar deya eʼlon qilganidan keyin 622-yilda Quraysh tomonidan taʼqibga uchraydi va Madinaga hijrat qiladi. Qurayshga qarshi olib borilgan bir qancha janglardan soʻng Muhammad 629-yilda Makkani egallab, qabilaga qarshi yurishlarini tugatadi.

Muhammad Qurayshga qarshi yurishi bilan bir qatorda Arabistonning boshqa bir qancha qabilalariga, xususan, Madinadagi uchta arab yahudiy qabilasiga va Haybardagi yahudiy qal’asiga qarshi yurishlarni boshqargan. 624-yilda Madina Konstitutsiyasini buzgani uchun Banu Qaynuqo qabilasini, undan keyin esa 625-yilning may oyida unga suiqasd uyushtirishda ayblangan Banu Nodir qabilasiga qarshi yurish qilib, ularni Madinadan quvib chiqaradi. 628-yilda yahudiylarning Haybar qal’asini qamal qiladi va u yerga bostirib kiradi. Ushbu qal’ada 10 000 dan ortiq yahudiylar istiqomat qilgan.

Muhammad Shimoliy Arabiston va Shomdagi Vizantiya imperiyasi va Gʻasoniylarga qarshi bir necha qoʻshin yuborgan. Muhammadning oʻlimidan oldin uning boshchiligidagi oxirgi qoʻshin 630-yining oktyabr oyida olib borilgan Tabuk gʻazoti boʻlgan. U Arabiston yarim orolining koʻp qismini birlashtirib, xalifaliklar ostida keyingi Islom ekspansiyasiga asos solgan va Islom harbiy yurisprudensiyasini belgilab bergan.

Dastlabki vaziyatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muxammadning „Qur’on urushlari“dagi roli

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Islom paydo boʻlgan davrda Arabistonning asosiy qabilalari

Safiur Rahmon Muborakpuriy Ibn Hishomdan iqtibos keltirgan holda Muhammad 15 yoshida Quraysh, Kinana va Qays Aylon qabilalari ittifoqligida olib borilgan urushlarda qatnashgani haqida bir qancha maʼlumotlar keltirgan[1].

Madinadagi vaziyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻsha paytda Madina shahri beshta qabilaga boʻlingan edi. Ulardan ikkita yirigi Xazraj va Avs qabilalari boʻlsa, yana qolgan uchtasi nisbatan kichik qabilalar – yahudiylarning Banu Qaynuqo, Banu Nodir va Banu Qurayzalar edi[1][2]. Madinaga kelgach, Muhammad Madina Konstitutsiyasi deb nomlanuvchi shaharni boshqarish masalalari, shuningdek, jamoalararo munosabatlarning koʻlami va tabiatini tartibga solish maqsadida shartnoma tuzishga kirishadi, ushbu hujjat muhojirlar, ansorlar va Madinaning yahudiy qabilalari tomonidan imzolanadi[3]. Konstitutsiyaning muhim bandlari hujjatni imzolagan tomonlardan biri uchinchi tomondan hujumga uchragan taqdirda, bir-biriga yordam berish, musulmonlar oʻz dinlariga, yahudiylar esa oʻzlarining dinlariga eʼtiqod qilishlari toʻgʻrisida boʻlib, Muhammadning ularga rahnamo etib tayinlanishini oʻz ichiga oladi[4].

Oʻsha davrda ansorlarning ham, muhojirlarning ham hayotiga tahdid shu qadar kuchli ediki, ular hatto tun boʻyi qurollangan holda uxlar edi[5]. Tahdid kuchayishi bilan musulmonlar Muhammadni himoya qilish maqsadida uning arofiga bir qancha himoyachilarni joylashtiradilar[4].

Madinalik yahudiylarga qarshi yurishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Banu Qaynuqo qabilasining quvilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Banu Nodirning Muhammadga boʻysunishi tasviri, Jome at-Tavorehdan(tax. 1314–1315)

624-yilning aprelida boʻlib oʻtgan Badr jangidan soʻng, Banu Qaynuqolar Madina Konstitutsiyasi shartlarini buzadi. Musulmon ayollarning kiyimlarini yirtib, ularni koʻpchilikning oldida sharmanda qiladi. Voqeaga guvoh boʻlgan musulmonlardan biri ulardan qasos olish maqsadida bunga javobgar bir yahudiyni oʻldiradi. Yahudiylar esa toʻdalashib, musulmonga qarshi kelishadi va uni oʻldirishadi. Bir-biriga oʻxshash qasos olish maqsadida uyushtirilgan qotilliklaridan soʻng musulmonlar va Banu Qaynuqolar oʻrtasida adovat kuchayadi va bu Muhammadning ularning qal’asini qamal qilishiga olib keladi. Qaynuqolarning kuchi 700 nafarga yaqin edi. 14–15 kun qamalda qolgan qabila vakillari oxir-oqibat Muhammadga taslim boʻlishadi. Muhammad dastlab qabilaning odamlarini qoʻlga olmoqchi boʻladi, lekin Abdulloh ibn Ubay ibn Salulning gapiga rozi boʻlib, ularni Madinadan surgun qilishga rozilik beradi. Banu Qaynuqo vakillari esa shimolga, hozirgi Suriyadagi Dar’o shahriga yoʻl oladi va mahalliy yahudiy aholisiga qoʻshilib ketadi.

Banu Nodir qabilasining quvilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
XVIII asr rassomi Muhammad Rofi Bazilning „Paygʻambar, Ali va sahobalar yahudiy Banu Qurayza qabilasining asirlarini qatl etishda“ nomli rasmida Banu Qurayzaning qatl etilishini tasvirlagan.

625-yilning may oyida Muhammad Banu Nodir qabilasini qamal qiladi, chunki ular unga suiqasd uyushtirishga uringan edilar[6]. Islom manbalarga koʻra ushbu qamal olti kundan oʻn besh kungacha davom etganligi aytiladi. Qal’alarini oʻrab turgan palma daraxtlarining qalin barglari tufayli strategik ustunlikka ega boʻlgan Banu Nodirlar musulmonlarni qal’alardan turib toshboʻron qiladilar va ularning ustidan oʻq yogʻdiradilar. Bunga javoban esa Muhammad palma daraxtlarini yoqishni buyurgani aytiladi. Kuchli zarbaga uchragan qabila oxir-oqibat, taslim boʻladi va bu qilmishi uchun Madinadan haydab yuboriladi.

Banu Qurayzaning bosqinchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

626-yilning dekabr va 627-yilning yanvar oylarida boʻlib oʻtgan Xandaq jangi chogʻida Madinaning janubiy qismi joylashgan yahudiylarning Banu Qurayza qabilasi Muhammadga qarshi ittifoq tuzish maqsadida ekanligi sababli qoʻlga olinadi va xiyonatda ayblanadi. Bu vaziyatda ittifoqchilar ortga chekinganidan keyin musulmonlar ularning qal’alarini qamal qilishadi. Qamalga uzoq dosh bera olmagan Banu Qurayza vakillari Muhammadga taslim boʻladi. Ularning orasida bir necha kishi Islomni qabul qiladi. Qolgan barcha erkaklarning, shuningdek, bir nafar ayolning boshi kesiladi. Boshqa ayollar va bolalar qul qilinadi[7][8].

Haybarni qamal qilish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Haybardagi kimsasiz uylarning koʻrinishi

Islom manbalariga koʻra, 628-yilning mart oyida Madina Konstitutsiyasini buzganligi uchun Muhammad tomonidan Madinadan surgun qilingan Banu Nodir qabilasidan boʻlgan Haybar yahudiylari va Banu Gʻatafoniy musulmonlarga hujum qilishni rejalashtirgan. Muhammad ularning ittifoqi haqida xabar topgach, 1500 nafar askardan iborat qoʻshin toʻplab, Haybardagi yahudiy qal’asini qamal qiladi. Shotlandiya tarixchisi va sharqshunosi William Montgomery Watt ham ushbu maʼlumotni tasdiqlaydi. Italiyalik sharqshunos Laura Veccia Vaglierining taʼkidlashicha, Muhammadning Haybar qal’alarini bosib olishiga boshqa sabablar ham turtki boʻlgan.

Boshqa tomondan, Banu Gʻatafoniy musulmonlar istalgan vaqtda ularga hujum qilishidan qoʻrqib, Haybarda yahudiylarga yordam berishdan bosh tortadilar. Madinadagi sakkiz yahudiy qal’asidan oltitasini qoʻlga kiritgach, Haybar yahudiylari taslim boʻladilar va olinadigan hosilining yarmini musulmonlarga berish sharti bilan ularga vohada yashashga ruxsat beriladi. Qamal davomida ikki yahudiy qoʻmondoni halok boʻladi.

Yahudiylar xalifa Umar tomonidan quvib chiqarilguniga qadar yana bir necha yil davomida vohada yashashda davom etadilar.

XVI asrda Uhud jangini boshqargan Muhammadning tasviri

Vizantiya kampaniyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umrining soʻnggi yillarida unga qarshi qarshi muxolifatda yetakchilik qilayotgan ikki asosiy toifa bostirilgach, Muhammad shimoldagi asosiy kuch Vizantiya imperiyasiga qarshi faol yurish qiladi, shuningdek, Rim-Fors urushlari deb nomlanuvchi Sosoniy imperiyasiga qarshi bir necha urushlarda ham ishtirok etadi.

Mu’ta jangida Vizantiyaga qarshi yurishda magʻlubiyatga uchraganidan soʻng, Muhammadning oʻzi boshchiligidagi soʻnggi safari Tabuk gʻazoti boshlanadi. Ushbu gʻazot, shuningdek, Usra yurishi deb ham ataladi. Muhammad Tabukda musulmonlarga qarshi Vizantiya imperiyasi va Gʻasoniylar davlatining ittifoq tuzganini eshitadi va ularga qarshi uchun 30 000 ga yaqin qoʻshinni boshqaradi.

  1. 1,0 1,1 Mubārakfūrī, Ṣafī al-Raḥmān.. Ar-Raheeq Al-Mak̲h̲tūm = the sealed nectar : biography of the noble prophet, Rev., Riyadh, Saudi Arabia, 2002. ISBN 9960-899-55-1. OCLC 223400876. Mubārakfūrī, Ṣafī al-Raḥmān. (2002). Ar-Raheeq Al-Mak̲h̲tūm = the sealed nectar : biography of the noble prophet (Rev. ed.). Riyadh, Saudi Arabia. ISBN 9960-899-55-1. OCLC 223400876.{{cite book}}: CS1 maint: location missing publisher (link)
  2. Rodgers 2012.
  3. Ibn Hisham, as-Seerat an-Nabawiyyah, Vol. I p. 501.
  4. 4,0 4,1 Safiur Rahman Mubarakpuri. The Sealed Nectar: Biography of the Noble Prophet. Darussalam Publications, 2002 — 230-bet. ISBN 1-59144-071-8. Safiur Rahman Mubarakpuri (2002). The Sealed Nectar: Biography of the Noble Prophet. Darussalam Publications. p. 230. ISBN 1-59144-071-8.
  5. "When the Holy Prophet and his Companions came to Madina, and the helpers gave them shelter, all the Arabs combined to fight them. The Companions had to sleep by their weapons, till the morning" (Hakim and Darimi, quoted in Shibli’s Sirat an-Nabi, p. 308).
  6. Idris, Abdul Fatah (2017-09-07). "Memahami Kembali Pemaknaan Hadis Qudsi". International Journal Ihya' 'Ulum Al-Din 18 (2): 133. doi:10.21580/ihya.17.2.1734. ISSN 2580-5983. 
  7. Peterson, Muhammad: the prophet of God, p. 126
  8. Tariq Ramadan, In the Footsteps of the Prophet, Oxford University Press, p. 141