Kontent qismiga oʻtish

Quraysh

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Quraysh, qurayshiylar — arab qabilasi. Makka shahri aholisining asosiy qismini tashkil etgan. 10 ta urugʻdan iborat boʻlgan; ulardan eng mashhurlari umayya (bani umayya) va hoshim hisoblangan. Umayya urugʻidan chiqqan quldorlar va savdogarlar johiliyat davrida Makkada hukmronlik qilishgan boʻlsa, Muhammad hoshimiylarga mansub boʻlgan Quraysh qabilasidan umaviylar, abbosiylar va makkalik shariflar sulolasi chiqqan. Soʻnggi davrda Hoshimiylar sulolasi hukmdorlari (Iroqda 1958-yilgacha va Iordaniyada) oʻzlarining shajaralarini Qurayshga bogʻlashadi. Qurʼonning 106-surasi Quraysh nomi bilan ataladi.