Kontent qismiga oʻtish

Baqlajon ikrasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Baqlajon ikrasi — baqlajondan tayyorlangan sabzavotli ikra.

Bu nafaqat mazali, balki foydali hisoblanadi, chunki baqlajonlar sogʻliq uchun foydalidir — xususan, baqlajonlarni isteʼmol qilish qon, jigar va buyraklardagi xolesterinni kamaytirishga yordam beradi[1]. Bundan tashqari, baqlajon ikrasi vitamin va minerallarga boy[2].

„Rossiya haqida 500ta hayratlanarli fakt“ kitobida baqlajon ikrasi Rossiyada XVII-asrda paydo boʻlganligi va u Erondan keltirilgani taʼkidlangan[3].

1970-yillarning boshlarida SSSRda bankalarda konservalangan baqlajon ikrasi, odatda, doʻkon polkalarida koʻp miqdorda boʻlgan va u juda sust sotilgan. Bu haqiqat (bu ikra hech kimga kerak emasligi va / yoki juda koʻp uchrashi) Leonid Gaydayning „Ivan Vasilyevich kasbini oʻzgartiradi“ filmida „chet eldan keltirilgan baqlajon ikrasi“ haqidagi hazilda aks ettirilgan. Film ekranga chiqarilgandan soʻng baqlajon ikra dasturxonga tortish rusum boʻldi[4].

  1. Сельская новь. Изд-во «Колос», 1975. 
  2. „Икра заморская, баклажанная — за полчаса! Кулинария СССР“. Телекомпания ТВ-21. Все новости Мурманска и Мурманской области (2015-yil 3-noyabr). 2016-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-dekabr.
  3. Андрей Гальчук. 500 удивительных фактов о России. Litres, 2014 — 206—-bet. ISBN 978-5-457-50091-4. 

    Andrey Galchuk. Удивительная Россия. 500 faktov o nashey strane, kotorie vas porazyat. LitRes, 2014 — 185—-bet. ISBN 978-5-457-55497-9. 
  4. Барагамян Анаит. Русская кухня. Директ-Медиа, 2014 — 16—-bet. ISBN 978-5-7475-0084-6. 
  • Charles Sinclair. baklazhannaia ikra // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 49. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.