Amerika qora ayigʻi
Qiyofa
(Baribaldan yoʻnaltirildi)
Amerika qora ayigʻi (Baribal; lotincha: Ursus americanus) – yirtqichlar turkumining ayiqlar oilasiga mansub hayvon. Tanasining oʻrtacha uzunligi 1,75, boʻyi 1 m ga yaqin, ogʻirligi 150 kg gacha yetadi. Juni odatda qora, tumshugʻining uchki qismi ochiq sargʻish boʻladi. Shimoliy Amerika oʻrmonlarida yashaydi. Asosan oʻsimliklar bilan oziqlanadi, baʼzan uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarga ham hujum qiladi. Qishda uyquga ketadi. Urgʻochilari yanvar va fevralda 2-3 ta bola tugʻadi. Sport ovi obyekti hisoblanadi. Koʻp joylarda qirilib ketgan, faqat AQShning milliy bogʻlari va qoʻriqxonalarida koʻproq saqlanib qolgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |