Gobi ayigʻi
Gobi ayigʻi | |
---|---|
Ilmiy klassifikatsiyasi | |
Vakillik: | Hayvonlar |
Filum: | Xordalilar |
Sinf: | Sutemizuvchilar |
Oila: | Ursidae |
Gen: | Ursus |
Turlar: | |
Ostki turlar: | U.a. gobiensis
|
Trinomial nomi | |
Ursus arctos gobiensis Sokolov va Orlov,1920-yil
|
Gobi ayigʻi (Ursus arctos gobiensis), moʻgʻul tilida Mazaalai (Мазаалай) nomi bilan tanilgan), Moʻgʻulistonning Gobi choʻlida joylashgan qoʻngʻir ayiqning (Ursus arctos) kichik turi. Moʻgʻuliston Qizil kitobining yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlari va IUCN standartlari boʻyicha yoʻqolib ketish xavfi ostidagi jonivorlar roʻyxatiga kiritilgan[1]. Uzoq muddatli DNK populyatsiyasiga asoslangan demografik tadqiqotlarga koʻra, populyatsiya 2017-yilda 40 tadan kam qolishi aniqlangan[2][3] va reproduktiv izolyatsiyaga erishish uchun boshqa qoʻngʻir ayiq populyatsiyalaridan yetarlicha masofa bilan ajratilgan. 1959-yilda oʻlayotgan kichik turlarni saqlab qolish maqsadida bu hayvonni ovlash taqiqlangan[4].
Ekologik moslashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gobi ayiqlari asosan ildiz, rezavorlar va boshqa oʻsimliklar, baʼzan kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Ularning yirik sutemizuvchilarni ovlashi haqida hech qanday maʼlumot yoʻq. Qoʻngʻir ayiqlarning boshqa kenja turlari bilan solishtirganda, bu ayiqlarning vazni ancha yengil: voyaga yetgan erkak ayiqlarining vazni taxminan 96.0–138.0 kilogram (211.6–304.2 lb), urgʻochilari esa 51.0–78.0 kilogram (112.4–172.0 lb) atrofida boʻladi[4]. Gobi ayiqlari evolyutsiyaga uchragan va bunday oʻta issiq choʻl iqlimida yashashga moslashgan yagona ayiqlardir[3].
Genetik xilma-xillik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gobi ayiqlari qoʻngʻir ayiqning har qanday kichik turida kuzatilgan genetik xilma-xillikning eng past koʻrsatkichlar orasida soʻnggi oʻrinlarni egallaydi[2][5]. Gobi ayiqlariga oʻxshash genetik xilma-xillik darajasi faqat Ispaniya va Fransiya chegarasidagi Pireney togʻlarida yashaydigan jigarrang ayiqlarning kichik populyatsiyasida qayd etilgan. Past genetik xilma-xillik gobi ayiqlarining erkak va urgʻochi turlarining jinsiy nisbati juda notekis ekanligi natijasidir. Bu koʻpayish va populyatsiyaning kamligining asosiy sababidir. Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, ularning DNKsida har bir lokusda kam miqdordagi allellar mavjud. Bu shuni anglatadiki, Gobi ayigʻi DNKsi moʻrt va shuning uchun bu holat ularning koʻpayishiga salbiy taʼsir qiladi[3].
Tadqiqotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixiy jihatdan, morfologiyaga asoslanib, Gobi qoʻngʻir ayigʻi, baʼzan, Tibet koʻk ayigʻi bilan bir xil koʻrsatkichlarga ega kenja tur sifatida tasniflangan. Biroq, yaqinda oʻtkazilgan filogenetik tahlil shuni koʻrsatdiki, Gobi ayigʻi va Himoloy qoʻngʻir ayigʻi[6] umumiy ajdodlarga ega boʻlsa-da, ikkala ayiq populyatsiyasi genetik jihatdan izolyatsiya qilingan[5].
Yovvoyi tabiatda erkin yashovchi Gobi ayigʻining atigi 40 tadan kamroq turi qolgan. Gobi ayiqlari Moʻgʻulistonning janubi-gʻarbiy qismida taxminan 23,619 kilometr yerni egallagan hududda yashaydilar. Oziq-ovqat va suv tanqisligi tufayli bu raqam qariyb oltmish foizga kamaygan. Ular rezavorlar, oʻsimliklar, hasharotlar, baʼzan kemiruvchilarni isteʼmol qiladilar[7].
Iqlim oʻzgarishi va konchilik sanoatining rivojlanishi Gobi ayiqlarining yoʻq boʻlib ketish arafasida ekanligining ikkita asosiy sababidir. Choʻllar issiq va avvalgidan quruqroq boʻla boshlaganligi sababli, ayiqlar uchun suv va oziq-ovqat kabi resurslarni topish qiyinlashgan. Shuningdek, inson manfaatlariga koʻra, togʻ-kon qazib olish qimmatbaho yerlarni oʻzlashtirib, atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalarni ochiq havoga koʻp miqdorda chiqarishi ham mazkur ayiqlar populyatsiyasiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Baʼzi tadqiqotchilarning tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, Gobi ayiqlarining atigi 25 tagina vakili qolgan. Choʻl muhitida bu turning populyatsiyasini beqaror holatga keltirish mumkin[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ursus arctos: McLellan, B.N., Proctor, M.F., Huber, D. & Michel, S.. 2016-02-02. doi:10.2305/iucn.uk.2017-1.rlts.t41688a114261661.en. http://dx.doi.org/10.2305/iucn.uk.2017-1.rlts.t41688a114261661.en. Qaraldi: 2021-11-10.Gobi ayigʻi]]
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Odbayar Tumendemberel; Michael Proctor; Harry Reynolds; John Boulanger; Amgalan Luvsamjamba; Tuya Tserenbataa; Mijiddorj Batmunkh; Derek Craighead et al. (2010). "Gobi bear abundance and inter-oases movements, Gobi Desert, Mongolia". Ursus 26 (2): 129–142. doi:10.2192/URSUS-D-15-00001.1. http://www.bearbiology.com/fileadmin/tpl/Downloads/URSUS/Vol_26_2/i1537-6176-26-2-129.pdf.[sayt ishlamaydi]
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Tumendemberel, Odbayar; Tebbenkamp, Joel M.; Zedrosser, Andreas; Proctor, Michael F.; Blomberg, Erik J.; Morin, Dana J.; Rosell, Frank; Reynolds, Harry V. et al. (August 2021). "Long‐term monitoring using DNA sampling reveals the dire demographic status of the critically endangered Gobi bear". Ecosphere 12 (8). doi:10.1002/ecs2.3696. ISSN 2150-8925. Archived from the original on 2021-11-10. https://web.archive.org/web/20211110215940/https://esajournals.onlinelibrary.wiley.com/doi/10.1002/ecs2.3696. Qaraldi: 2022-09-01.Gobi ayigʻi]]
- ↑ 4,0 4,1 „Gobi bear conservation in Mongolia“ (2010-yil iyul). 2015-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
- ↑ 5,0 5,1 Tumendemberel, Odbayar; Zedrosser, Andreas; Proctor, Michael F.; Reynolds, Harry V.; Adams, Jennifer R.; Sullivan, Jack M.; Jacobs, Sarah J.; Khorloojav, Tumennasan et al. (2019-08-13). "Phylogeography, genetic diversity, and connectivity of brown bear populations in Central Asia". PLOS ONE 14 (8): e0220746. doi:10.1371/journal.pone.0220746. ISSN 1932-6203. PMID 31408475. PMC 6692007. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6692007.
- ↑ Lan T.; Gill S.; Bellemain E.; Bischof R.; Zawaz M. A.; Lindqvist C. (2017). "Evolutionary history of enigmatic bears in the Tibetan Plateau–Himalaya region and the identity of the yeti". Proceedings of the Royal Society B: Biological Sciences 284 (1868): 20171804. doi:10.1098/rspb.2017.1804. PMID 29187630. PMC 5740279. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5740279.
- ↑ Reynolds. „Gobi Bear Conservation in Mongolia“. bearbiology.org (2010-yil iyul). 2022-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Chadwick, Douglas (April 2014). „Can World's Rarest Bear Be Saved?“. National Geographic. Joe Riis (photography).
- „Gobi bear (Ursus arctos gobiensis)“. Wildscreen Arkive. 2008-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-avgust.
- McCarthy, Thomas M.; Waits, Lisette P.; Mijiddorj, B. (2009). "Status of the Gobi bear in Mongolia as determined by noninvasive genetic methods". Ursus 20 (1): 30–38. doi:10.2192/07GR013R.1.
- Tumendemberel, Odbayar (2020). „Evolutionary history, demographics, and conservation of brown bears (Ursus arctos): filling the knowledge gap in Central Asia“. Ph. D. dissertation. University of South-Eastern Norway.
Qoʻshimcha oʻqish uchun
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Chadwick, Douglas. Tracking Gobi Grizzlies: Surviving Beyond the Back of Beyond, Joe Riis and Douglas Chadwick (photography), Ventura, Cal.: Patagonia Books, 2017. ISBN 9781938340628. OCLC 984164885. Preview.