Barno Qodirova
Barno Qodirova | |
---|---|
Tavalludi |
8-dekabr 1958-yil |
Fuqaroligi | → |
Kasbi | Aktrisa |
Turmush oʻrtogʻi | Orif Yoʻldoshev |
Mukofotlari |
Barno Qodirova – (1958-yil 8-dekabr, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR) – aktrisa, dublyaj ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Doʻstlik ordeni sohibasi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1976-yilda Pushkin nomidagi oʻrta maktabni bitirib, Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining Dramatik teatr va kino aktyorligi fakultetida tahsil olgan. Dublyaj sohasidagi faoliyatini talabalik davridan boshlagan. Uning dublyajdagi ustozi Mukambar Rahimova boʻlgan. Bugunga qadar 1000 dan ortiq film va seriallarda ovoz bergan[1]. Uning ilk eng katta ovoz bergan filmi Ramayana teleseriali boʻlgan. Aktrisa faoliyati davomida "Gammi ayiqchalari", "Aka-uka Grim ertaklari", "Shrek" multfilmi, "Anderson ertaklari", "Oppogʻoy va yetti gnom", "Nofelet qayerda?", "Sabr kosasi", "Salom shodlik, salom gʻam" badiiy filmlariga, "Esmeralda", "Ikki dugona", "Mehmonxona xoʻjayini", "Baxt qasri" kabi teleseriallarga ovoz bergan.
Barno Qodirovani xalqqa tanitgan kinofilmlar esa "Togʻlik kuyov"[2], "Abdullajon", "Poyma-poy", "Oqibat", "Oʻjar kelin", "Bebaho", "Mazlumlar" kabi teleserial va badiiy filmlar hamda "Olovli yoʻllar", "Dil payvandi", "Oʻzi uylanmagan sovchilar", "Qismat bitigi", „Saodat“ singari milliy seriallar hisoblanadi.
U shuningdek Oʻzbekfilm kinostudiyasi aktrisasi hamda Oʻzbekiston kinoarboblar uyushmasi aʼzosi hisoblanadi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barno Qodirova Oʻzbekfilm kinostudiyasi rejissyori Orif Yoʻldoshev bilan turmush qurgan. Ularning ikki qizi va besh nabirasi bor. Katta qizi Shaxnoza Ubaydullaeva Oʻzbekiston telekanalining dublyaj studiyasida muharrir, ikkinchi qizi esa shifokor boʻlib ishlaydi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sanʼat sohasidagi faoliyati uchun Barno Qodirovaga 2019-yili Doʻstlik ordeni topshirilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoni bilan ham taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „БАРНО КАДЫРОВА“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
- ↑ „“Tog‘lik kuyov” 23 yoshda: O‘z davrining eng kassabop filmlaridan biri qanday suratga olingan?“. daryo.uz. Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ESLAB - BARNO QODIROVA BILAN SHIRIN XOTIRALARNI BIRGA-BIRGA ESLASHAMIZ
- BARNO QODIROVA | TUNDALIKLAR #intervyu
- IJODIY UCHRASHUVLAR: BARNO QODIROVA.
- Барно Кодирова оиласи уйи фарзандлари ёшлиги хаёти
- Tog'lik kuyov (o'zbek film) | Тоглик куёв (узбекфильм)