Kontent qismiga oʻtish

Toshkent sanʼat instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent sanʼat instituti
Toshkent sanʼat instituti
Ilgarigi nomi
A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr sanʼati instituti (1945—1954)
A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomlik instituti (1954—1990)
Asos solingan sanasi 1945-yil
Yopilgan sanasi 2012-yil
Rektori Baxtiyor Sayfullayev
Joylashuvi ,
Veb-sayti dsmi.uz/en/home

Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti – doktorama, musiqali doktorama va qoʻgʻirchoq teatrlari uchun aktyor, rejissyorlar hamda kino uchun kinoaktyor, operator, kino rejissorlar, teatr va kinoshunoslar va boshqa yuqori malakali sanʼat mutaxassislarini tayyorlovchi oliy oʻquv yurti[1].

1945-yil Toshkent shahrida Oʻrta Osiyo davlat teatr sanʼati instituti sifatida tashkil etilgan. 1948-yil rus doktoramaturgi A. N. Ostrovskiy (1823—1986) nomi berilgan. 1991-yildan institutga oʻzbek teatr arbobi Mannon Uygʻur nomi berilgan. 1954-yil institut huzurida rassomlik fakulteti ochilib, Teatr va rassomlik sanʼati institutiga aylantirilgan. 1987-yildan Institutda mutaxassis tayyorlash doirasi yanada kengayib, maxsus kinotelevideniye rejissorligi, operatorlik, sanʼat jurnalistikasi ixtisosliklari buyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. 1997-yildan rassomlik sanʼati fakulteti mustaqil institut maqomida ajralib chiqqan va institut hozirgi nomi bilan atala boshlagan. Institutda 5 ta fakultet (teatr sanʼati; kino, televideniye sanʼati va radio; sanʼatshunoslik va qoʻgʻirchoq teatri sanʼati; sirtdan oʻqish; malaka oshirish) mavjud; magistratura, aspirantura, ilmiy kengash faoliyat koʻrsatadi. 2002/03 uquv yili 765 ta talaba taʼlim oldi; 100 dan ziyod pedagog, shu jumladan, 9’fan doktori, 10 professor, 42 fan nomzodi va dotsent ishlaydi (2004). Institut faoliyati turli yillarda ishlagan Mannon Uygʻur, Ya. Bobojonov, S. Tabibullayev, L. Xujayeva, Q. Xoʻjayev, A. Ginzburg, N. Timofeyeva, Yu. Ioffe, I. Rubinshteyn, I. Akbarov, S. Veksler kabi yetakchi olimpedagoglar nomi bilan bogʻliq. Institutda taʼlim olgan rejissorlardan T. Xujayev, O. Chernova, Sh. Abbosov, B. Yoʻldoshev, teatrshunoslardan M. Rahmonov, M. Krdirov, T. Tursunov, T. Bayandiyev. T. Islomov, S. Tursunboyev, M. Tulaxujayeva, aktyorlardan 3. Muhammadjonov, R. Hamroyev, Ya. Abdullayeva, T. Azizov, B. Zokirov, N. Ansatboyev, R. Ibrohimova, Yo. Ahmedov, E. Komilov, P. Saidkosimov, G. Jamilova va boshqa respublika sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshdi.

Toshpoʻlat Tursunov.[2]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 4-iyuldagi 1771-son qarori bilan Oʻzbekiston davlat sanʼat instituti va Toshkent davlat madaniyat instituti negizida Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti tashkil etilgan[3][4].

Fakultetlar:

  • Aktyorlik sanʼati
  • Rejissyorlik
  • Sanʼat tarixi
  • Sahna va ekran dramaturgiyasi
  • Texnologik sanʼat (televidenie operatorlari va ovoz muhandislari)
  • Teatr sanʼati
  • Ijtimoiy fanlar kafedrasi
  • Tillar va adabiyot fakulteti.

Qiziqarli faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1968-yilda Toshkent teatr va rassomlik instituti qoshida oʻzbek xalqining mashhur „Yalla“ guruhi tashkil etilgan.

Taniqli bitiruvchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bitiruvchilar orasida Sovet davrida tan olingan sanʼat (rassomlar, rejissyorlar, haykaltaroshlar, rassomlar va boshqalar) ustalari yetishib chiqqan. Ulardan baʼzilari „SSSR xalq artisti“ unvoniga sazovor boʻlgan.

  1. The World Encyclopedia of Contemporary Theatre. Routledge, 2005 — 573-bet. 
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. „Об институте“ (ru) (deadlink). Официальный сайт Государственного института искусств и культуры Узбекистана. www.dsmi.uz. 2018-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-yanvar.
  4. „Постановление Президента Республики Узбекистан от 04.06.2012 г. N ПП-1771 "О создании Государственного института искусств и культуры Узбекистана"“. электронная поисковая система правовой информации Norma Online. nrm.uz. 2022-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-yanvar.
  • Tursunov T. „Sanʼat instituti“, . Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi — S harfi. Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashryoti, 2006 — 165-bet.