Milliy rassomlik va dizayn instituti
Xalqaro nomi |
The National Institute of Fine Arts and Design named after Kamoliddin Behzod |
---|---|
Turi | Institut |
Asos solingan sanasi | 1997-yil |
Rektori | Mirzoraximov Abbosjon Shodmonovich[1] |
Fakultetlar | 4 |
Talabalari | 1510+ |
Bakalavriat | 23 |
Magistratura | 13 |
Manzili | |
Veb-sayti | www.mrdi.uz |
Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti, Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1997-yil 23-yanvardagi “Oʻzbekiston badiiy akademiyasini tashkil etish haqida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 131-sonli Qaroriga asosan, 1954-yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti qoshida ochilgan rassomlik fakulteti negizida tashkil topdi. Institutni nafaqat jahon san’atining ovroʻpacha yoʻnalishidagi, balki toʻla ma’noda sharqning boy me’rosini oʻzlashtirish asosida tashkil etilishini davrning oʻzi taqazo etgan edi. Oliy badiiy ta’limni yoʻlga qoʻyishni mashhur rassomlar Rahim Axmedov, Oganes Tatevosyanlar boshlab berganlar.
Institut tarixi va anʼanalari badiiy taʼlim ustalarining bir necha avlodlari ijodlari bilan chambarchas bogʻliq. O. Tatevosyan, V. Urmanchi (rangtasvir), M. Saidov, V. Riftin, E. Kalontarov, T. Oganesov, Georgiy Brim (teatr va kino rassomligi), K. Salohiddinov, A. Boymatov (haykaltaroshlik), L. I. Rempel, M.V.Shostko, Sh. Toshxoʻjayev, R. Toqtosh (sanʼat tarixi va nazariyasi) va boshqa ishlagan. Isteʼdodli moʻyqalam sohiblari Rahim Axmedov, Q. Basharov, Jalolov Bahodir Fazliddinovich , S. Raxmetov, A. Ikromjonov, L. Ibrohimov, N. Qoʻziboyev va boshqa, haykaltarosh Ilhom Jabborov va boshqa, amaliy bezak sanʼati ustalari A. Abdurazzoqov va boshqa badiiy taʼlim rivojiga katta hissa qoʻshmoqda.
Institutda bugungi kunda Rossiya, Tojikiston, Qozog’iston, Turkmaniston kabi davlatlar fuqarolari tahsil olmoqdalar. Dunyoning qator davlatlari (Koreya, Yaponiya, Singapur, Xitoy, Germaniya, Ozarbayjon, Latviya, Rossiya, Qozog’iston) oliygohlari bilan imzolangan memorandumlar asosida hamkorlik aloqalari olib borilmoqda. Xususan, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi amalga oshirilmoqda. Shuningdek, institutning qator professor-o’qituvchilari dunyoning ko’plab mamlakatlari oliygohlarida mahorat darslarini o’tib kelmoqdalar, malaka oshirmoqdalar, shaxsiy ko’rgazmalarini tashkil qilmoqdalar. Shu bilan bir qatorda ko’plab mamlakatlarning yuqori malakali mutaxassislari institutda mahorat darslarini o’tishi an’anaga aylangan[2].
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1945 yil Toshkent shahrida О‘rta Osiyo davlat teatr san’ati instituti sifatida asos solinishidan boshlangan.
- 1948 yildan rus dramaturgi A.N.Ostrovskiy (1823—1886) nomi bilan atab kelingan.
- 1954 yildan institut huzurida rangtasvir yо‘nalishi ta’limi yо‘lga qо‘yiladi. Shu bois mazkur oliygoh Teatr va rassomlik instituti ya’ni abbreviaturasi jihatidan – AN.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik instituti sifatida ataladi.
- 1956 yilda teatr bezak rangtasviri bо‘limi о‘z faoliyatini boshlaydi. Oradan kо‘p ham о‘tmay, О‘rta Osiyo respublikalarining madaniy-ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, haykaltaroshlik va grafika sohalari ham yо‘lga qо‘yiladi va tasviriy san’at sohasi institutning – rassomlik fakulteti maqomiga ega bо‘ladi.
- 1954 yil Rangtasvir kafedrasi tashkil etiladi.
- 1956 yil uchinchi kursdan Teatr bezagi kafedrasi ajralib chiqdi. Kafedra mudiri etib dotsent vazifasini bajaruvchi R.Ahmedov tayinlangan. Kafedra tashkil etilganidan sо‘ng V.Riftin kafedra mudiri etib tayinlanadi va avvalida I.Valdenberg, keyinroq institut bitiruvchilari M.Yuldashev, G.Brim, A.Jiboyedov, V.Storojev, kino rassomi sohasida Moskvadagi Butunittifoq Kinematografiya institutini bitiruvchilari - E.Kalantarov va B.Nazarov singari rassomlar ustozlik faoliyatini boshlab beradilar.
- 1957 yil Haykaltaroshlik kafedrasi tashkil etilgan. Kafedrani boshqarishga Politexnika instituning Me’morchilik fakultetidan Vanyakin taklif etiladi. P.Chelishev, A.Axmedovlar dars jarayoniga jalb etiladilar. B.Urmanche, Y.Kiselev kafedra mudiri bо‘lib faoliyat kо‘rsatib kelganlar.
- 1961 yilda kitob grafikasi bо‘limi tasviriy san’at fakulteti tarkibida ochiladi. Uning tashkil topishida Pekin rassomchilik akademiyasida uzoq yillar dars bergan va ushbu kafedraning birinchi mudiri bо‘lgan mashhur rassom M.Shirovskiy о‘z hissasini qо‘shgan. Keyinchalik, kafedra о‘z faoliyatini kengaytirgandan sо‘ng kafedra mudiri I.Yurovskiy boshchiligida Q.Basharov, B.Chechenin, Y.Pavlov, V.Parshin va boshqalar ham faoliyat kо‘rsatganlar.
V.Parshin kafedra mudiri bо‘lgan davrda R.Abdugalimov, I.Voxitov, V.Apuxtin, A.Maxkamov, N.Kalanov, F.Kagarov, E.Nurmonovlar asosiy fanlardan dars berganlar. 1975 yildan boshlab Plakat ixtisosligi bо‘limiga qabul e’lon qilinadi. Bо‘limda F.Kagarov, P.Krasnoyarsevlar dars berganlar. N.Husanov kafedraga mudirlik qilgan davrda, ya’ni I978 yilda A.Ligay, keyinchalik boshqalar о‘z mutaxassis-liklari bо‘yicha dars berganlar. Kafedrada N.Xusanov, L.Ibragimov, A.Maxkamov, F.Basharovalar о‘z mutaxassisliklari bо‘yicha saboq berganlar.
- 1965 yili Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi kafedrasi о‘z faoliyatini boshlaydi. Kafedraga san’atshunos olim, professor L.Rempel rahbarlik qilish uchun taklif etiladi. Dastlab, 1967-1968 yillarda ushbu kafedraga О‘rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan san’atshunoslar L.Shostko, V.Lakovskaya va boshqalar, keyinchalik ushbu institut san’atshunoslik yо‘nalishi bitiruvchilari pedagogik faoliyatga jalb etildilar. Ular bilan bir qatorda san’atshunoslik fanlari doktori R.Taktash, E.Rtveladze, san’atshunoslik fanlari nomzodi A.Umarov, B.Turg‘unov, SH.Toshxо‘jayev, A.Morozovalar maxsus kurslardan dars bera boshladilar. Akademik G.Pugachenkova ham kafedrada maxsus kurslardan dars berib kelgan, San’atshunoslik institutining ekspeditsiyasi dala amaliga olib borgan va Dalvarzintepadagi qazishmalarda kafedraning talabalari ishtirok etgan.
- 1966 yil Amaliy grafika kafedrasi tashkil etiladi. Soha ta’limi ibtidosida Kitob grafikasi qoshida tashkil etilgan bо‘lib 1980 yillardan soha salohiyati yuksalgan sari kafedra alohida bо‘lib ajralib chiqdi. О‘quv ustaxonalarini tashkil etishda birinchi kafedra mudiri D.Afuksenidi, fakultet dekani I.Limakov va о‘quv ustasi Y.Raushlarning mehnatlarini alohida ta’kidlash lozim. Bо‘lim talabalariga B.Chechenin, birinchi murabbiylardan bо‘lgan M.Kagarov, E.Isxakov, A.Titovlar, keyinchalik shu bо‘limni bitirgan talabalar S.Xunteyeva, P.Mahkamov, P.Xaitov, A.Egamov, R.Ayupov, V.Remetov, S.Limakovlar ta’lim beradilar. Undan keyingi davrlarda B.Menadjiyev, G.Li, SH.Shoxalimov, A.Mazitovlar ham jalb etildilar.
- 1968 yil Kulolchilik kafedrasi A.Yarovoyning tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ushbu kafedra institutning keksa kafedralaridan biri hisoblanadi. U. A.Yarovoy, A.Boymatov, S.Sultonmurodov, kafedra mudiri lavozimida ishlab kelganlar. Kafedrada S.Bondareva, A.Turg‘unovlar dars berganlar.
- 1970 yil Mahobatli rangtasvir kafedrasi tashkil etiladi. Kafedraning tashkil etilishida CH.Ahmarovning xizmatlari beqiyos. Kafedra о‘z faoliyatini boshlagandan sо‘ng ta’lim jarayoniga V.Jmakin, V.Sosedov taklif qilinadilar. Ta’lim jarayoni tashkil etilishi davr taqozosi bо‘lib,
- 1966 yil Toshkent zilzilasi asoratlarini bartaraf etish, boshqa bir tomondan Toshkent metrosi obyektlari va endilikda qurilayotgan binolarning badiiy-estetik qiyofasini yaratish masalasi kun tartibiga qо‘yilgan edi. Kafedrada R.Xudoyberganov, G.Qodirov, V.Drigin, A.Mazitovlar dars berganlar.
- 1970 yil Interyer kafedrasining tashkil etilishi ham mahobatli rangtasvir kafedrasi bilan bog‘liq edi. Kafedra V.I.Muxina nomidagi Leningrad LVPXUni bitirib kelgan A.Kokotkin tashabbusi bilan tashkil etiladi. Kafedrada ta’lim tizimi yuqori darajada faoliyat kо‘rsatib kelgan va hozirgi kunda ham ushbu tashkiliy jarayon о‘z samarasini berib kelmoqda. Y.Afanasyev, K.Kryukov, M.Maxmudovalar ta’lim jarayonida faoliyat kо‘rsatganlar.
Me’moriy yodgorliklar bezaklarini ta’mirlash kafedrasi. K.Kryukov bergan ma’lumotga qaraganda О‘zbekistonda о‘z vaqtida, 35 000 rо‘yxatga olingan yodgorlik mavjud bо‘lgan. 1970-yillarga kelganda bu rо‘yxat 3500ga tushib qolgan edi. Ularning ham ahvoli deyarli achinarli bо‘lib, zudlik bilan ta’mirlash ishlarini amalga oshirish chora-tadbirlarini kо‘rish talab etilardi. Shu ma’noda mutaxassis olim K.Kryukov rahbarligida ta’lim yо‘nalishi ochildi. Kafedra tashkil etildi va kо‘p yillar mobaynida mamlakatimiz yodgorliklari me’moriy bezaklarini ta’mirlash loyihalari yaratildi.
- 1975 yilga kelib dastgohli rangtasvir yо‘nalishida mashhur rassomlar – О‘zbekiston va SSSR xalq rassomi SSSR Badiiy akademiyasi muhbir a’zosi, professor R.Axmedov va О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan rassom professor M.Saidovlar shaxsiy-ijodiy ustaxonalari tashkil etiladi. Chizmatasvir kafedrasi institutning keksa kafedralaridan xisoblanadi. Teatr bezak rangtasviri, haykaltaroshlik, kitob grafikasi kafedralari tashkil etilganidan sо‘ng umummutaxassislik fanlari bо‘lgan chizmatasvir va rangtasvir fanlarini olib borilishi uslubiyatiga e’tiborni kuchaytirish maqsadida Chizmatasvir kafedrasi tashkil etildi. Kafedraning tashkil etilishidan boshlab T.Oganesov kafedra faoliyatini shakllantirib kelgan. Kafedrada V.Kovinin, I.Limakov, N.Pak, V.Shevchenko, Vizel, M.Tashmuradov, M.Ergashev va boshqalar faoliyat kо‘rsatganlar
- 1982 yil Teatr va rassomlik instituti san’atshunoslik kafedrasi qoshida “Muzeyshunoslik” ta’limi tashkil etiladi. 1997 yil О‘zbekiston Badiiy akademiyasi tashkil etilishi munosabati bilan mustaqil rassomlik oliy о‘quv ta’limining tashkil topishi san’atshunoslik bо‘limi rivojiga ham keng imkoniyatlar yaratdi. Keyinchalik “Muzeyshunoslik” kafedrasi ajralib chiqdi va “Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi” kafedrasi “San’atshunoslik” fakulteti darajasiga kо‘tarildi.
Kafedrada M.Saidov, T.Oganesov, N.Qо‘ziboyev, B.Boboyev, V.Burmakin, Y.Zorkin, D.Imomovlar faoliyat kо‘rsatib kelgan bо‘lsalar, sо‘ngra, navbatma navbat ta’lim jarayoniga Leningraddagi I.Repin nomidagi RXAsining bitiruvchilari M.Nuritdinov, S.Abdullayev, A.Ikromjonov, S.Raxmetov va mazkur fakultetning bitiruvlaridan bо‘lgan V.Burmakin, Y.Zorkin, D.Imomov, I.Mansurov va boshkalar ustozlik faoliyatlarini hozirgi kunga qadar davom ettirib kelmoqdalar.
- 1980 yilga kelib ixtisosliklar soni 10 tadan oshdi, talabalar soni esa 400 nafardan ziyod bо‘lgan.
- 1991 yil A.N.Ostrovskiy nomi о‘rniga о‘zbek teatri arbobi Mannon Uyg‘ur nomi beriladi, shu davrdan Mannon Uyg‘ur nomidagi San’at instituti sifatida qayd etila boshlaydi.
О‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqida” 1997 yil 23 yanvardagi 1701-son Farmoniga asosan tashkil etilgan. Hozirda institutda О‘zbekiston xalq rassomi, О‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari B.Jalolov, J.Umarbekov, S.Raxmetov, G‘.Qodirov, A.Ikromjonov, Y.Tursunnazarov, F.Axmadaliyev, R.Xudoyberganov, xaykaltaroshlar I.Jabbarov, J.Annazarov, О‘zbekiston Respublikasi san’at arboblari A.Aliqulov, SH.Abdumalikov, O.Qozoqov, san’atshunoslik sohasida maktab yaratgan ustozlar – san’atshunoslik fanlari doktori, professor, О‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, О‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi A.Xakimov, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, О‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi K.Akilova, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, О‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi A.Axmedova, muzeyshunos olimlar - tarix fanlari doktori, professor J.Ismailova, tarix fanlari doktori D.Kuryazova va boshqa yirik olimlar faoliyat yuritmoqda.
Fakultetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tasviriy san'at fakulteti
- Dizayn fakulteti
- San'atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti
- Amaliy san'at fakulteti
Kafedralar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Amaliy bezak san'ati
- Chizmatasvir
- Badiiy kulolchilik va ta'mirlash
- Dastgohli rangtasvir
- Mahobatli rangtasvir
- Teatr bezagi rangtasviri
- Miniatyura va kitob grafikasi kafedrasi
- Haykaltaroshlik
- Grafika
- Miniatyura va xattotlik
- San’at tarixi va nazariyasi
- Muzeyshunoslik
- O‘zbek va xorijiy tillar
- Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat
- Informatika va menejment
- Dizayn
- Amaliy grafika va badiiy fotografiya
- Libos dizayn
Bakalavr yoʻnalishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kunduzgi
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60210805 | Amaliy sanʼat: amaliy sanʼat asarlarini taʼmirlash |
2 | 60210802 | Amaliy sanʼat: badiiy kulolchilik |
3 | 60210803 | Amaliy sanʼat: badiiy naqqoshlik |
4 | 60210801 | Amaliy sanʼat: badiiy zargarlik |
5 | 60210804 | Amaliy sanʼat: meʼmoriy yodgorliklar bezagini taʼmirlash |
6 | 60210407 | Dizayn: interyerni loyihalash |
7 | 60210413 | Dizayn: kompyuter grafikasi va badiiy foto |
8 | 60210402 | Dizayn: libos va gazlamalar |
9 | 60210404 | Dizayn: reklama va amaliy grafika |
10 | 60210403 | Dizayn: sanoat dizayni |
11 | 60210601 | Grafika: dastgoh va kitob grafikasi |
12 | 60210602 | Grafika: xattotlik va miniatyura |
13 | 60210702 | Haykaltaroshlik: mahobatli |
14 | 60210701 | Haykaltaroshlik: mayda plastika |
15 | 60411201 | Menejment: art menejment va galereya ishi |
16 | 60212102 | Muzeyshunoslik: muzey menejmenti va madaniy turizm |
17 | 60212103 | Muzeyshunoslik: muzey predmetlari ekspertizasi, konservatsiyalash va taʼmirlash |
18 | 60112419 | Professional taʼlim: amaliy sanʼat (amaliy sanʼat asarlarini taʼmirlash) |
19 | 60112430 | Professional taʼlim: dizayn (interyerni loyihalash) |
20 | 60112431 | Professional taʼlim: dizayn (libos va gazlamalar) |
21 | 60112405 | Professional taʼlim: rangtasvir (dastgohli) |
22 | 60212300 | Qadimiy yozma manbalar konservatsiyasi va restavratsiyasi |
23 | 60210501 | Rangtasvir: dastgohli |
24 | 60210505 | Rangtasvir: filmning tasviriy yechimi |
25 | 60210502 | Rangtasvir: mahobatli rangtasvir |
26 | 60211004 | Sanʼatshunoslik: tasviriy va amaliy sanʼat |
27 | 60211007 | Sanʼatshunoslik: sanʼat jurnalistikasi |
28 | 60210504 | Rangtasvir: teatr-bezak rangtasvir |
29 | 60210503 | Rangtasvir: multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi |
Sirtqi
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60210413 | Dizayn: kompyuter grafikasi va badiiy foto |
2 | 60411201 | Menejment: art menejment va galereya ishi |
3 | 60212102 | Muzeyshunoslik: muzey menejmenti va madaniy turizm |
4 | 60212103 | Muzeyshunoslik: muzey predmetlari ekspertizasi, konservatsiyalash va taʼmirlash |
5 | 60112419 | Professional taʼlim: amaliy sanʼat (amaliy sanʼat asarlarini taʼmirlash) |
6 | 60112431 | Professional taʼlim: dizayn (libos va gazlamalar) |
7 | 60211004 | Sanʼatshunoslik: tasviriy va amaliy sanʼat |
Magistratura yoʻnalishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rektorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mashhur bitiruvchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ http://https://www.gazeta.uz/oz/2022/01/04/post/#!
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |