Kontent qismiga oʻtish

Gulnora Rahmon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gulnora Rahmon
Tavalludi 15-mart 1957-yil (1957-03-15) (67 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Milliy rassomlik va dizayn instituti
Kasbi rassom, yozuvchi
Millati oʻzbek

Gulnora Rahmon (1957-yilda Samarqand viloyati, Xatirchi tumanida tavallud topgan) — rassom va yozuvchi.

Hayoti va ijodi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulnora Rahmon Toshkent Davlat Teatr sanʼati va Rassomchilik institutining (hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti) rangtasvir boʻlimini yakunlagan. Ijod yoʻnalishi — portret va manzara janri. Oʻzbek adabiyotidan Erkin Aʼzam, Abdulla Oripov, Usmon Azim, Ibrohim Gʻafurov, Ahmad Aʼzam, Farogʻat Kamolova, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Halima Xudoyberdiyeva, Dilbar Saidova kabi ijodkorlarga ishlangan portretlari mavjud. 1997-yildan beri Oʻzbekiston badiiy akademiyasi rassomlar uyushmasi aʼzosi sifatida faoliyat yuritadi[1].

1990-yillarda vaqtli matbuotda hikoya va qissalari eʼlon qilingan. 2008-yilda „Marvarid shodasi“ nomli qissasi, 2011-yilda „Yurak devoridagi suratlar“ nomli hikoyalar toʻplami „Sharq nashriyoti“ tomonidan chop etilgan. 2022-yilda „Umrning uch fasli“ nomli qissasi „Gʻafur Gʻulom“ nashriyoti tomonidan chop etilgan.

„Sipohiylar xonadoni“ nomli dramatik asari turk adabiyotshunoslari tomonidan tarjima qilinib, Turkiya universitetlari uchun moʻljallangan „Mustaqillik yillari oʻzbek adabiyoti“ oʻquv qoʻllanmasiga kiritilgan.

Gulnora Rahmon, shuningdek, ingliz adibasi Du Maurier Daphnening „Rebekka“ hamda „Reychel“ nomli asarlari (ixchamlashtirilgan variantining) tarjimoni hisoblanadi. Bu ikki asar aynan shu yili „Yangi Asr avlodi“ nashriyoti tarafidan chop etilgan. 2023-yilda ingliz yozuvchisi Uilyam Shekspirning maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan „Romeo va Juliet“ hamda „Xatolar komediyasi“ asarlarini ingliz tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Bundan tashqari, proza janrida ham ijod qiladi. 2020-yildan buyon Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi[2].