Kontent qismiga oʻtish

Baxtiyor Sayfullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baxtiyor Sayfullayev
 Oʻzbekiston Resublikasi madaniyat vaziri
Mansab davri
2012-yil – 2020-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Minhojiddin Hojimatov
Vorisi Ozodbek Nazarbekov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 3-aprel 1951-yil
Toshkent
Vafoti 14-fevral 2023-yil(2023-02-14)
(71 yoshda)[1]
Maʼlumoti Toshkent madaniyat instituti
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Sayfullayev Baxtiyor Sayfullayevich (1951-yil 3-aprelda[2] yoki 1-aprelda[1], Toshkentda — 2023-yil 14-fevral) — oʻzbek madaniyat arbobi, siyosiy va davlat arbobi, pedagogika fanlari nomzodi, professor. Toshkent madaniyat instituti rektori, Oʻzbekiston Madaniyat vaziri (2017—2018). Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi, shuningdek, yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi (2020—2023).

1951-yil 3-aprelda Oʻzbekiston, Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent madaniyat institutini tugatgan[3].

2005-yildan 2012-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligining birinchi oʻrinbosari (madaniyat ishlari boʻyicha)[2].

2017-yil avgustdan 2018-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, shuningdek, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori[4].

2020-yil 20-yanvarda, Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining aʼzosi etib saylandi[5].

Baxtiyor Sayfullayev 2023-yil 14-fevralda 72 yoshida olamdan o‘tdi[6].

Unvon va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U professor ilmiy darajasi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanʼat arbobi unvonlari bilan mukofotlangan[7].