Kontent qismiga oʻtish

Barra binti Samval

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Barra binti Samval
Shaxsiy maʼlumotlar
Turmush oʻrtoq(lar)i Huyay ibn Axtab
Farzandlari Safiya binti Huyay
Ota-onasi
  • Samval ibn Adiya (otasi)

Barra binti Samval (arabcha: بَرَّة بِنْت سَمَوْأَل, ivritcha: ברה בת שמואל; Barra bat Samval) Islom paygʻambari Muhammadning rafiqasi Safiya binti Huyayning onasi boʻlib, Muhammad bilan aloqada boʻlgan arab yahudiy qabilasi aʼzolaridan biri edi.

Barra binti Samval Banu Horis qabilasidan boʻlgan taniqli jangchi shoir Samval ibn Adiyaning qizi boʻlgan. Uning Rifoa ibn Samval ismli ukasi boʻlib, milodiy 565-yilda vafot etgan, bu vaqtda Barra binti Samval kamida 45 yoshda boʻlib, qizi Safiya binti Huyayni dunyoga keltirgan. Shu sababli Barra binti Samval va Rifoa ibn Samvalning ismlari bir-biri bilan oʻzaro bogʻliq boʻlsa-da, ular aka-singil boʻlmasligi ham mumkin. Boshqa bir taxminlarga koʻra, Banu Qurayza qabilasi vakillaridan biri milodiy 622-623-yillarda Muhammadga qarshi janglarda ishtirok etgan taniqli Samval ibn Zayd ham Barra binti Samvalga qarindosh boʻlishi mumkin. Shuningdek, uning Azzol ibn Samval, Qurayza qabilasi boshligʻi Kaʼb ibn Asad bilan qarindosh boʻlishi mumkinligi aytiladi.

Barra binti Samval oʻz davrining eng yirik yahudiy qabilalaridan biri boʻlgan Banu Nodir qabilasi boshligʻi Huyay ibn Axtabga turmushga chiqqan[1]. Keyinchalik Madinada yashab, Banu Qurayza qabilasiga oʻtgan. Barra va Huyayning kamida uch nafar farzandlari, bir oʻgʻli, Safiya ismli qizi va yana bir qizi boʻlgan[2]. Milodiy 625-yilda Banu Nodir qabilasi Madinadan quvilganida, Barra oilasi bilan Haybarga joylashgan.

Barra binti Samval Haybarda katta mavqega ega boʻlgan, u yerda eri Huyay ibn Axtab rahbar sifatida tan olingan. Muhammad bilan toʻqnashuv davomida uning qarindoshlari Sallom ibn Abu al-Huqayq va Usayr ibn Zarimlarning oʻldirilgan. Milodiy 627-yilning may oyida Xandaq jangida qatnashgani uchun eri va oʻglining, shuningdek, qurayzalik boshqa yana koʻplab erkak qon qarindoshlarining boshi kesilgan, ammo uning akasi Rifoa musulmon ayoldan panoh topgani uchun tirik qolgan[3].

Barra binti Samvalning qizi Safiya dastlab Banu Nodirlar yetakchisi Sallam ibn Mishkamga turmushga chiqqan edi. Keyinchalik milodiy 628-yilgi Haybar jangi voqealaridan keyin oʻldirilgan Kenana ibn al-Robiy ibn Abu al-Huqayq bilan oila qurgan. Safiya Kenana oilasining boshqa ayollari qatori asirga olingan, ammo uning urush asirligi maqomi Islom paygʻambari Muhammadga turmushga chiqishi bilan tugagan. Shunday qilib, Barra binti Samval Muhammadning qaynonasi sifatida tanilgan. Biroq 628-yildan keyin uning taqdiri qanday kechganligi bilan bogʻliq maʼlumotlar mavjud emas.

  1. jewishencyclopedia.com
  2. Yitzhak, R. (2007). Muhammad’s Jewish Wives. Journal of Religion and Society, 9, 1-14.
  3. Guillaume, A. The Life of Muhammad: A Translation of Ishaq’s Sirat Rasul Allah.