Kontent qismiga oʻtish

Basian jangi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Basian jangi
Gruziya-Saljuq urushlarining bir qismi
Sanalar 1202-yil 17-iyul
Urush yeri Basiani
Natija Gruziya qirolligining gʻalabasi
Hududiy
oʻzgarishlar
Tbilisi, Kavkazortining katta qismi, Onadoʻli va Armanistonni ozod qilish
Raqiblar
Gruziya Gruziya qirolligi Rum sultonligi
Qoʻmondonlar
David Soslan
Zakariya Mxargrdzeli
Axaltixning Shalvasi
Sulaymon II
Kuchlar
65,000 150,000[1]

Basiani jangi — XIII asrda Gruziya qirolligi va Saljuqiy Rum sultonligi qoʻshinlari oʻrtasida Basiani vodiysida, Erzurum shahridan 60 km shimoli-sharqda hozirgi Turkiya Respublikasida joylashgan yerda boʻlib oʻtgan. Jang 1202-yildan 1205-yilgacha har xil sanalarda boʻlib oʻtgani taxmin qilinadi, ammo soʻnggi paytlarda 1203-yil yoki 1204-yillarda boʻlib oʻtgan degan taxmin ustunlik qilmoqda. Zamonaviy musulmon solnomachisi Ibn Bibi hijriy 598-yilda (1201-yil 1-oktabr - 1202-yil 19-sentabr) jangni boʻlib oʻtganini bildirgan. Zamonaviy turk tarixchilari Mijingerd qalʼasini (Mazankert) jang joyi sifatida belgilaydilar.

Bu jang Gruziya monarxlari va Onadoʻlining Saljuqiy hukmdorlari oʻrtasidagi mintaqaning XI-XIII asrlarda boʻlib oʻtgan bir qancha urushlaridan biri edi. Bu urush gruzinlarning janubga tomon yurishlarini oldini olish maqsadida Saljuqiylar tomonidan boshlatilgan. Ushbu toʻqnashuv haqidagi voqea zamonaviy gruzin, arman va islom manbalarida keltirilgan.

Sulaymonshoh oʻzining vassal beklariga maktub yuborib bir joyga toʻplagan va ilarning qoʻshini bilan qo'shilib, Gruziya hududlariga o'tib, Basiani vodiysida qarorgoh qurgan. Tamara tezda butun mamlakat hududida chaqiruv eʼlon qilgan va qoʻshin yigʻib, eng yaxshi ishongan qoʻmondoni David Soslanni qoʻshinga bosh qoʻmondon qilib tayinlagan. Soslan va amirspasalar Zakariya Mxargrdzeli boshchiligidagi Javaxetiyadagi asosiy bazadan toʻsatdan Basianiga bostirib kirib, dushman qarorgohiga hujum qilganlar. Kuchli jangda Saljuqiylar qoʻshinlari gruzinlarning bir necha hujumlarini qaytarishga muvaffaq boʻlishgan, ammo oxir-oqibat ular magʻlubiyatga uchraganlar va ularning amalga oshirmoqchi boʻlgan hujumlari boshlanmasdan tugadi. Sultonning gruzinlarga magʻlub boʻlishi xalq va askarlar orasida vahima keltirib chiqardi. Sulton Sulaymon jangda yaralandi va Erzurumga qaytib ketdi.

Jangning oqibati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gruzinlar Sulaymonshoh II ning ukasini qoʻlga oldilar, keyinchalik uni tahqir bilan bitta taqaga almashtirdilar. Ushbu harakat Tamara Kavkaz, Onadoʻli, Arman togʻlari, Shirvon va Qora dengizning gʻarbiy qismlarida mutlaq hokimiyatga ega ekanligini namoyish etdi. Basiandagi gʻalaba Gruziyaga janubi-gʻarbiy qismida oʻz pozitsiyalarini taʼminlashga va saljuqiylarning qayta tiklanishiga imkon bermaslikka olib keldi. Tamara singlisining eri boʻlgan Trebizondlik Aleksios I ga kuchli qoʻshin berdi. Shuning uchun Gruziya qirolligi samarali ravishda turk davlatlari va feodal gruzin yerlari oʻrtasida bufer zonasini yaratdi.

  1. Javakhishvili, p. 249