Baxtiyor Umarov (senator)
Baxtiyor Umarov Ganiyevich — O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi, senator, iqtisodchi, tadbirkor. Baxtiyor Umarov 1979-yilning 1-iyunida Namangan viloyati Namangan tumanida tavalud topgan, millati o'zbek.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baxtiyor Umarov 2016-yil Namangan viloyati Namangan tumanida ro'yxatdan o'tkazilgan "IDEAL BUSINESS CENTER" mas’uliyati cheklangan jamiyatining ta'sischilaridan biri hisoblanadi. Baxtiyor Umarov ustav fondi 600 mln so'm bo'lgan MCHJning 50% iga egalik qiladi va jamiyatning bosh direktori lavozimida faoliyat yuritadi. MCHJning asosiy faoliyat turi Ixtisoslаshgаn do'konlаrdа kiyimlаr chаkаnа sаvdosi (trikotаj vа pаypoq-noski buyumlаridаn tаshqаri).[1]
Shuningdek, Baxtiyor Umarov Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi a'zosi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi a'zosi.[2]
Baxtiyor Umarov Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining 2021-yil 29-yanvardagi 100/17-06-sonli qaroriga asosan Xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi a'zosi (27-Kurashxona saylov okrugidan deputat) ham hisoblanadi.[3]
Ma'lumoti va mutaxassisligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baxtiyor Umarov ma'lumoti bo'yicha oliy ma'lumotli iqtisodchi.[4]
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baxtiyor Umarov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yildagi tegishli qaroriga asosan "Do'stlik" ordeni bilan mukofotlangan.[4]
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, respublika eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, budjet barqarorligini ta’minlashga hissa qo‘shayotgan 100 nafar tadbirkorga minnatdorlik bildirdi. Shular qatorida o'sha paytda “Istiqlol tekstil dizayn” MCHJ direktori bo'lgan[5] Baxtiyor Umarov “Eng yaxshi soliq to‘lovchi” sifatida taqdirlandi.[6]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „"IDEAL BUSINESS CENTER" mas’uliyati cheklangan jamiyati“. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
- ↑ „Baxtiyor Umarov“. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
- ↑ „http://kengash.namangan.uz/uz/doimiy-komissiya-a-zolari/doimiy-komissiya-a-zolari“.
- ↑ 4,0 4,1 „Umarov Baxtiyor Ganiyevich“.
- ↑ „Yangi saylangan senatorlar hammasi bir roʻyxatda“ (2020-yil 17-yanvar). 2023-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
- ↑ „Группа предпринимателей получила благодарность от имени президента“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]