Kontent qismiga oʻtish

Bayenburg qasri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bayenburg qasri (nemischa: Burg Beyenburg ) — Bayenburgdagi Vupper daryosi vodiysida (Vuppertal shahrining maʼmuriy qismi) tarixiy qasr-qalʼadir (hozirda mavjud emas)[1].

Qasr Shtaynxaus monastirining yonidagi Vupper daryosining meandr (burilishi) boʻyida joylashgan edi. Bu dehqonlar va baliqchilar yashaydigan meandr ichidagi hududni nazorat qilish va himoya qilish imkonini bergan. Bundan tashqari, bu pozitsiya strategik jihatdan juda muvaffaqiyatli edi, chunki qasr bir vaqtning oʻzida undan bir kilometr uzoqlikda joylashgan Vupper daryosi ustidagi muhim chegara koʻprigini (Mark va Berg grafliklari yerlari orasidagi chegara) qoʻriqlagan.

Bayenburg qasri devori oldingi planda, 1904-yil

Bayenburg birinchi marta 1336-yilda hujjatlashtirilgan. Tarixiy va arxeologik manbalar aynan 1336-yilni qasrga asos solingan sana deb hisoblashga asos bermaydi. Taxminlarga koʻra,Qqsr XIV-asrda yoki undan oldin, ammo boshqa joyda, qoʻshni xududlarda qurilgan. Oxirgi taxmin, okruglar oʻtasidagi chegarada va Kyoln — Dortmund muhim savdo va ziyorat yoʻlidagi juda foydali strategik pozitsiyasi tufayli oʻzini koʻrsatadi. Dastlab, qasr Berg graflariga, soʻngra gertsog Yulix-Bergga, graflar (gertsog) va uning oilasi va mulozimlari oʻz hududlari boʻylab koʻchib oʻtganda oraliq qarorgoh sifatida xizmat qilgan. Ayniqsa, qasrga XV-asrda tez-tez tashrif buyurishgan, chunki Bayenburg Yulix-Berg gertsogligining maʼmuriy markazlaridan biri sifatida belgilangan.

Oʻttiz yillik urush (1642 yoki 1646) paytida qasr butunlay vayron qilingan.

Hozirgi vaqtda qasrining faqat Vupper daryosi ustidagi tekis, rivojlanmagan, ikkita tayanch devori bilan mustahkamlangan qismi qolgan. Sobiq qal’aning hududi xususiy mulk hisoblanadi.

1827-yilgi rasmga koʻra Bayenburg qasri rejasi

2004-yil 22-noyabrda bu joy tarixiy yodgorlik sifatida tan olingan va qonun bilan himoyalangan[2].

  1. Амт Байенбург Архивировано 28 сентября 2007 года.
  2. „Памятник истории номер В034“. 2012-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 14-dekabr.
  • Gerd Xelbek, „Beyenburg — Geschichte eines Ortes an der bergisch-märkischen Grenze und seines Umlandes“, I guruh (Das Mittelalter: Grundlagen und Aufstieg), S. 125-131 ISBN 978-3-9811749-1-