Bazarbay Serekeev
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. |
Bazarbay Serekeev | |
Haqiqiy ismi | Bazarbay Serekeev |
Tavalludi | 1942-yil Kegeyli tumani, Qoraqalpogʻiston |
Vafoti | 2017-yil |
Millati | qoraqalpoq |
Sohasi | jivopis rassom |
Mashhur suratlari | “Orol musibati” (2008) “Oila” (1972) |
Mukofotlari | Berdaq nomidagi davlat mukofoti sovrindori |
Bazarbay Serekeev (1942—2017) - qoraqalpoq jivopis maktabining yirik vakili va belgili tasvirlash san'ati namoyondalarining biri. U 1942-yili Qoraqalpog'iston Respublikasi Kegeyli tumanida tug'ilgan. Uning ijodkorligi o'z oldiga bir san'at bo'lib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tasvirlash san'ati rivoji tarixiga hissa qo'sha olgan xudojniklar safidan o'rin olgan. U o'zining hayoti davomida tinimsiz mehnat etishi va faol tajribasi orqali tasviriy san'at rivojlanishiga katta hissa qo'shdi va uning ijodkorligi keyingi avlod uchun yorqin namunadir[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U ijodkorligini 1962-yildan, ya'ni Toshkent shahridagi P.P.Benkov nomidagi kasb-hunar bilim yurtini tugallap, Nukusga qaytib kelganidan so'ng boshladi. Nukus ishlab chiqarish ustaxonalarida o'z ishini boshlash bilan bir qatorda, qoraqalpoq tasviriy san'at yo'lida ham faoliyat yurgizdi va shu tariqa o'z ishlarida alohida bir olamni yarata oldi. Bunda xudojnik xalq san'ati, Ona Vatanimiz tarixi, urf-odatlariga bo'lgan ixlosi va muhabbatini namoyish etdi. Yillar davomida faqat o'ziga tegishli xusnixat, jivopis ishlashda o'zgacha usullarni shakllantirdi. Uning mehnatlari rasm solish shakllari va koloritik yechimlari bilan taniqli.
U 1977-yildan e'tiboran O'zbekiston xudojniklari ijodiy birlashmasi a'zosi sifatida ko'plab ko'rgazmalarida faol ishtirok etdi. Ko'rgazmalarda uning bir qator ishlari Qoraqalpog'iston va O'zbekistonning turli xil shaharlarida, shu jumladan, Rossiya, Boshqirdiston, Dogʻiston, Tatariston, Qozogʻistonda namoyish etildi. Eng yaxshi va sifatli kartinalari Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati muzeyi, Qoraqalpoq Davlat I.V.Savitskiy nomidagi san'at muzeyi, O'zbekiston kasb-hunar akademiyasi Qoraqalpog'iston filiali jamg'armalarida saqlanmoqda.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Oʻzbekistonda mavjud boʻlgan deyarli barcha unvon va mukofotlarning sohibi. 1984-yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi Berdaq nomidagi davlat mukofoti bilan „Nevara“, „Traktorchilar“, „Qizil uy“ asarlari uchun mukofotlangan. 2000-yili „Doʻstlik“ ordeni bilan, 2002-yili Qoraqalpogʻiston Respublikasiga xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, 2008-yili Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining kumush medali va 2012-yili – oltin medali bilan, 2015-yili Qoraqalpogʻiston xalq rassomi unvoni bilan taqdirlangan. Uning rasmlari Toshkentda, Yevropa, Osiyo va Afrikadagi koʻplab galereyalarda saqlanadi. Ulardan eng mashhurlari „Orol musibati“ (2008), „Kichik dutorchi“ (1971), „Qizim ustalari“ (1973), „Oila“ (1972). Savitskiy nomidagi muzeyda 84 ta surat Bozorboynikidir.
Bozorboyning Savitskiy bilan birinchi tanishuvi 1970-yilda Nukusdagi badiiy koʻrgazmada boʻlgan. Shu paytda 4-kurs talabasi oʻzining dastlabki toʻrtta ishini taqdim etdi. "Savitskiy mening asarlarimga qaradi va soʻradi: „Ularni oʻzingiz yozganmisiz?“, men „ha“ deb javob berdim. Shundan soʻng u uchta rasm sotib oldi va koʻproq chizishim kerakligini aytdi. U rassomchilik boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi. Uning soʻzlari meni ilhomlantirdi, ijodim yanada kuchaydi. Biz Savitskiyni qoraqalpoq rassomlik maktabining asoschisi deb bilamiz, – deydi Serekeev[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Серекеев Базарбай (1942)“. Qaraldi: 13-oktabr 2023-yil.
- ↑ „Савицкий и каракалпакские художники“. Central Asian Analytical Network (CAAN). Qaraldi: 13-oktabr 2023-yil.