Kontent qismiga oʻtish

Beadablarcha soʻkish jazosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daryoga uloqtirish uchun moʻljallangan maxsus kursi (Ducking stool)da jazoni amalga oshirish jarayoni.

Angliya va Uelsdagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi umumiy qonunda Beadablarcha soʻkish jazosi ommaviy jazolashning bir turi sifatida keltirilgan.Odatda jazolash amaliyoti shaharcha yoki biror bir qishloq aholisi orasida oʻtkazilgan. Oʻz qoʻshnilarining tinchligini buzgan shaxs maxsus kursiga bogʻlangan holda osilib qoʻyilgan va odamlar tomonidan turli xil senzuraga toʻgʻri kelmaydigan soʻzlar bilan haqoratlangan. Ushbu jazo ijrosi davomida, hattoki, ayollar erkaklarni haqoratli soʻzlar bilan soʻkishlari mumkin edi.

Amerika qitʼasi ingliz mustamlakasi boʻlgan davrlarda sodir boʻlgan jinoyatlar jarimalar bilan jazolanar edi. Nisbatan kamroq sodir etiladigan jinoyatlar jamoat oldida kamsitish tarzida moʻljallangan yoʻllar bilan jazolanardi. Ushbu yoʻllarga misol sifatida Danking stuli (qoʻlni stulga mahkam bogʻlab, daryo yoki hovuzga choʻktirish yoki xalq qarshisidan shu holatda olib oʻtish) usulini keltirishimiz mumkin. Oʻrta asrlarda Angliyaning bir qancha viloyatlarida sifatsiz non yoki muddati oʻtib qolgan pivo sotish ham shu tarzda jazolangan.

Ushbu jazo 1967-yilda Angliya va Uelsda, 1972-yilda esa New Jerseyda rasman bekor qilinadi.

Huquqbuzarlik jazosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrta asrlarda Angliyada

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haqoratlash jazosi jinoyatlarga qarshi Angliyada oʻrta asrlarning oxirlarida paydo boʻlgan. Soʻkinishar lotincha atamalar, jumladan objurgator, garulator, rixator soʻzlari yordamida tasvirlangan. Ushbu jazo turi odatda Angliya boʻylab dehqonlar va shahar aholisining xatti-harakatlarini tartibga soluvchi manoriya yoki tuman sudlarida taqdim etilgan va amalga oshirilgan.

Baʼzi tarixchilar soʻkinishlarni oʻrta asrlarning oxirlarida ayollarga xos huquqbuzarlik sifatida hisoblashgan. Oilaviy sharoiti qanday boʻlishidan qatʼiy nazar ayollar soʻkinish uchun javobgarlikka tortilardi. Koʻpincha turmush qurgan ayollar bevalarga qaraganda kamdan-kam hollarda haqoratli soʻzlarni ishlatishgan[1]. Exeter kabi joylarda aybdorni soʻkish orqali kamsitish odatda kambagʻal ayollar tomonidan, baʼzi joylarda mahalliy elita ayollari boʻlishi mumkin boʻlgan[2]. Shuningdek, zoʻravonlik, tungi daydishlar, bildirmay gap poylash, noz-karashma yoki zino kabi ayblovlar qoʻyilgan ayollarni tasvirlovchi soʻzlar ham haqorat deb hisoblangan[3]. Karen Jons Kentlik tarixiy hujjatlardan aholi orasida beadablarcha soʻkish jazosiga tortilgan 13 erkak, 94 ayol va 2 juftlikni aniqlashga erishgan[4].

Mahkum etilgan erkaklarning koʻpchiligi oʻz turmush oʻrtogʻi bilan birga jazoga tortilgan. 1434-yilda Xelen Bredvoll (Piter Breduolning rafiqasi) Midlvichda Xyu Uelson va uning rafiqasi Izabelni haqorat qiladi. Izabelni „bola qotili“ va Xyuni „muttaham kal“ deb ataydi. Izabel va Xyu ham Xelenni „yolgʻonchi shallaqi“ deya javob qaytarishadi. Huquqbuzarliklar uchun barcha tomonlar jarimaga tortiladi[5]. Ayollar singari, erkaklar soʻkishi ham koʻpincha zino, oʻgʻirlik, noqonuniy savdo va hujum kabi soʻzlarni tariflovchi soʻzlar orqali ifodalangan[6].

  1. Bardsley, Sandy. Venomous tongues : speech and gender in late medieval England, Philadelphia, 2006 — 123–25-bet. ISBN 978-0812239362. OCLC 891396093. 
  2. Bardsley, Sandy. Venomous tongues : speech and gender in late medieval England, Philadelphia, 2006 — 135–36-bet. ISBN 978-0812239362. OCLC 891396093. 
  3. Bardsley, Sandy. Venomous tongues : speech and gender in late medieval England, Philadelphia, 2006 — 137-bet. ISBN 978-0812239362. OCLC 891396093. 
  4. Jones, Karen. Gender and petty crime in late medieval England : the local courts in Kent, 1460–1560. Woodbridge: Boydell Press, 2006 — 108-bet. ISBN 184383216X. OCLC 65767599. 
  5. Bardsley, Sandy. Venomous tongues : speech and gender in late medieval England, Philadelphia, 31-may 2006-yil — 102-bet. ISBN 978-0812239362. OCLC 891396093. 
  6. Bardsley, Sandy. Venomous tongues : speech and gender in late medieval England, Philadelphia, 2006 — 103-bet. ISBN 978-0812239362. OCLC 891396093.