Belgiya — Turkmaniston munosabatlari
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Belgiya — Turkmaniston munosabatlari — Belgiya Qirolligi va Turkmaniston oʻrtasida 1993-yil 1-fevraldan boshlab oʻrnatilgan ikki tomonlama diplomatik munosabatlar.
Turkmanistonning Belgiyadagi elchixonasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkmanistonning Belgiyadagi elchixonasi 1997-yilda ochilgan. Elchixona joylashgan manzil: Bryussel, Bulvar General Jak 15, 1050.
2016-yil fevral oyidan boshlab elchixonani Turkmanistonning Belgiya Qirolligidagi Favqulodda va muxtor elchisi Ata Serdarov boshqarib kelmoqda.
Elchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Niyozklych Nurklychev (1997—2004);
- Kakadjan Mommadov (2005—2016);
- Ata Serdarov (2016—hozirgacha).
Belgiyaning Turkmanistondagi vakolatxonasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Belgiyaning Turkmanistondagi diplomatik vakolatxonasi 1995-yilda ochilgan. Turkmaniston hududida Belgiya Qirolligining elchixonasi mavjud emas. Shu sababli Belgiya elchilari 1995—2010-yillar oraligʻida Turkiya poytaxti Anqaradagi elchixonada Turkmaniston boʻyicha aloqalarni yuritgan. Bugungi kunda elchilar oʻz vakolatlarini Ozarbayjon poytaxti Bokudagi elchixonada davom ettirmoqda.
2014-yilning yanvaridan Belgiyaning Ozarbayjondagi Favqulodda va muxtor elchisi Karin Petit bir vaqtning oʻzida Turkmanistonda ham akkreditatsiyadan oʻtgan va ikki joyda ham elchi vazifasida ishlaydi.
Elchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mishel Adam (1995—2000)
- Yan Matthisen (2000—2004) (qarorgohi Anqarada)
- Mark Van Risselberghe (2004—2009)
- Pol de Vitte (2009—2012)
- Lyuk Truyens (2012—2014)
- Karine Petit (2014—hozirgacha) (qarorgohi Bokuda)