Rossiya — Turkmaniston munosabatlari
Rossiya |
Turkmaniston |
Rossiya — Turkmaniston munosabatlari (ruscha: Российско-туркменские отношения) — Rossiya va Turkmaniston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Rossiyaning Ashxobodda elchixonasi va Turkmanboshida bosh konsulligi bor. Moskvada Turkmanistonning elchixonasi bor.
1869-yilda hozirgi Turkmaniston Rossiya imperiyasiga qoʻshib olingan. 1924-yildan keyin Sovet Ittifoqi tarkibida Sovet Sotsialistik Respublikasi sifatida to 1991-yilda mustaqilligini eʼlon qilguniga mavjud boʻlgan. Oʻtgan asrlar davomida ikki xalq oʻzaro doʻst boʻlib kelgan.
Gaz bilan bogʻliq boʻlgan aloqalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Soʻnggi paytlarda Rossiya-Turkmaniston munosabatlari Rossiyaning Turkmanistondan tabiiy gaz eksport qilish boʻyicha bitimlariga aloqador. Rossiya Xitoy, Yevropa Ittifoqi va AQSh bilan raqobatdosh boʻlib, Turkmanistonning boy uglevodorod taʼminotidan foydalanish imkoniyatiga ega[1]. Ikki mamlakat Rossiyaga gaz eksport qilish narxlari boʻyicha muzokaralar olib borishda koʻpincha ziddiyatlar keltirib chiqaradi[2][3].
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Rossiya tomonidan olgʻa surilgan „Markaziy osiyo-Markaz“ quvurini yetkazib berish va kengaytirishga yordam berishga rozi boʻldi, ammo bu maqsadga erishish uchun hali hech qanday choralar amalga oshirilmadi[4].
Turkmanistonning Rossiyadagi elchixonasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkmanistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi (Moskva) 1992-yil 8-aprelda ochilib, Turkmaniston SSRning Moskvadagi doimiy vakolatxonasining vorisiga aylandi. Elchixona joylashgan manzil: Moskva, Filippovskiy koʻchasi, 22-uy.
Elchixona binosi 1908-yilda meʼmor Georgi Yevlanov tomonidan qurilgan va uy sifatida xizmat qilgan.
2016-yil oktabr oyidan boshlab elchixonani Turkmanistonning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Botir Niyozliev boshqarmoqda.
Elchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Niyozklych Nurklychey (1992-1996)
- Nury Orazmuhammedov (1996-2000)
- Xalnazar Agaxanov (2000-2012)
- Berdimurad Rejepovich Rejepov (2012-2016)
- Botir Niyozliev (2016 - hozirgacha)
Rossiyaning Turkmanistondagi elchixonasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rossiya Federatsiyasining Turkmanistondagi elchixonasi (Ashxobod) 1992-yilda ochilgan. Elchixona joylashgan manzil: Ashxobod, 1941 (Qipchoq) koʻchasi, 43-uy.
2011-yil may oyidan boshlab elchixonani Rossiya Federatsiyasining Turkmanistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Aleksandr Bloxin boshqaradi.
Elchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vadim Cherepov (1992-yil 27-mart - 1997-yil 31-dekabr)
- Anatoliy Shchelkunov (1997-yil 31-dekabr - 2002-yil-13 may)
- Andrey Molochkov (2003-yil 7-iyul - 2005)
- Igor Blatov (2006-yil 16-yanvar - 2011-yil 5-may)
- Aleksandr Bloxin (2011-yil 5-may - hozirgacha)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Associated Press. „Russian president in Turkmenistan to consolidate Kremlin's grip on Central Asian energy“. International Herald Tribune (2008-yil 4-iyul). Qaraldi: 2008-yil 5-iyul.
- ↑ Blagov, Sergei. „Russia faces a collapse of its economic and political clout“. Eurasianet (2008-yil 30-dekabr). 2010-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-aprel.
- ↑ Trilling, David. „Pipeline spat with the Kremlin turns into a political test of strength“. Eurasianet (2009-yil 15-aprel). 2009-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-aprel.
- ↑ Blank, Stephen. „Russian president strives for a breakthrough moment in Caspian basin energy game“. Eurasianet (2008-yil 2-iyul). 2008-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-aprel.