Kontent qismiga oʻtish

Belorussiyaning nol kilometri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Belarusiyaning nol kilometri (belaruscha: Нулявы кіламетар Беларусі) — kult belgisi, Belarus Respublikasi yoʻllarining nol kilometrini belgilaydi.

Minsk Rech Pospolitayaning ikkinchi boʻlinishidan (1793) koʻp oʻtmay guberniya shahriga aylandi. Minsk yoʻllari tartibga keltirildi.

1795-yil 6-sentabrdan muntazam „pochta“ yoʻlovchilar oqimi boshlandi va tartibga solingan pochta yoʻnalishlari yuklarni normal tashishni taʼminladi. Pochta marshrutlaridagi har bir chaqirim verst ustunchasi bilan belgilangan. Pochta yaqinida ustun („nol verst“) oʻrnatildi — bu viloyatning barcha uchastkalarining boshlanishi boʻldi.

Yangi joy maydoni (hozirgi Yanka Kupala teatri yonidagi maydon) hududida yillik shartnoma yarmarkasini oʻtkazilgan. Taxminan shu yerda bir vaqtlar Minsk viloyatining „nol verst“i turgan edi[1].

1998-yilda Oktabr maydonidagi rekonstruksiya jarayonida „nol kilometr“ deb nomlangan yoʻl hisob belgisi qayta oʻrnatildi. Bungacha nol kilometr bosh pochta boʻlimidan hisoblangan. Oʻrnatilgan yangi belgi Bosh pochta boʻlimidan roppa-rosa 1 km uzoqlikda boʻlib chiqdi.

Yodgorlik granitdan piramida shaklida qurilgan boʻlib, abadiylik va kuch-quvvat ramzidir. Portugaliyada oʻyib ishlangan. Belgi bronza kartushlar bilan oʻralgan boʻlib, ularda yoʻl xaritasi, lotincha hikmat, Yoqub Kolas tomonidan yozilgan sheʼrlar tushirilgan. „Nol kilometr“ning ning bronza qoplamasida Minskdan Belorussiyaga qoʻshni davlatlarning poytaxtlari, Belorussiyaning viloyat va viloyat markazlarigacha boʻlgan masofalar koʻrsatilgan. Medalyonda piramidaning janubi-sharqiy tomonida „Belarus yoʻllarining boshlanishi“ degan yozuv bor. Kiyevgacha — 573 km. Gomel 315 km uzoqlikda joylashgan. Moskva 700 km uzoqlikda joylashgan. Mogilevgacha — 199 km[2]. Belgi mualliflari: meʼmor A. Sardarov, haykaltarosh A. Finskiy, metall rassomi V. Zavedeyev[3].