Belovutsoy
Qiyofa
Belovutsoy | |
---|---|
Belovutsoy (quyi qismida, mayda) | |
Tavsif | |
Uzunligi | 34 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Belovutsoy (Belyovutsoy) — Toshkent viloyati Ohangaron va Oʻrta Chirchiq tumanlari chegarasidagi soy. Mattiol tizmasining Toshtogʻ tarmogʻi jan.gʻarbny sn bagʻridan boshlanadi. Belovutsoy togʻdan chiqqach shimoli gʻarbiy yoʻnalishda oqib, Parkent va Hamdam kanallarini kesib oʻtadi. Ohangaron darssiga yetmay qurib qoladi. Uzunligi 34 km. 14 ta irmogʻi bor. Yomgir va qor suvlaridan toʻyinadi. Erta bahorda suvi koʻpayadi, baʼzan sel keladi. Quyi qismiga oqova suvlar quyiladi. Belovutsoydan Topil qishlogʻi, Yangiqishloq yerlari sugʻoriladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |