Kontent qismiga oʻtish

Belsxill

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Belsxill — Shotlandiyaning markazida, Nort-Lankshir okrugida joylashgan shahar.

Ushbu shahar Belmila qishlogʻining oʻrnida paydo boʻlgan boʻlib, qishloq haqidagi ilk malumotlar 1654 — yilga oid. Dastavval, qishloq bir-necha koʻchalardan iborat boʻlgan. U yerda ishchi xalq kun kechirgan. 1810 — yilda Belmila qishlogʻi oʻrnida yangi joy, Belsxill shahri paydo boʻlgan. 19 - asrning oʻrtasida shahar atrofida tosh koʻmirlar va temir rudalar topilgan. Oʻsha joylarda shaxtalarga asos solingan, bu esa, oʻz navbatida shaharning rivojlanishiga va aholi sonining oʻsishiga sabab boʻlgan.

1870 — yilda esa Belsxillda shifoxonaga asos solingan. 1-jahon urushi paytida u yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan, 1917 — yilda esa, u yoʻnalishini oʻzgartirib, tugʻruqxonaga aylantirilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

https://www.visitlanarkshire.com/explore/bellshill/