Betpaqdala
Betpaqdala — Qozogʻistondagi chul. Sarisuv daryosi quyi oqimi va Chu daryosidan Balxash kuligacha (500 km) choʻzilgan. Jan.da Chu daryosi bilan chegaralangan, shim. chegarasi 46°30’ shahri k.ka toʻgʻri keladi. Maydoni qariyb 75 ming km². B. urqirli baland tekislik; dengiz sathidan urtacha balandligi 300–350 m, garbiy qismining balandligi 250 m, sharqiy kismi esa (Moʻyinti daryosi yaqinida) 450 m. Eng baland joyi 974 m (Taroz shahri yaqinida). Tepaliklari yassi, koʻpincha granit va slaneslar yer yuzasiga chiqib yotadi. B.ning gʻarbiy qismi gilli yerlar boʻlib, shurxok, taxirshur kul koʻp. Oʻrta va jan. qismi doʻng qumliklardan iborat, yer yuzasi chaqirtosh bilan qoplangan; sharqiy qismida tepa, qir va yakka togʻlar: Boyqora (665 m), Jeltov (974 m) togʻlari bor. B. iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq, qishi qattiq sovuq, yiliga 100–150 mm yopin tushadi. Yanvarning urtacha temperaturasi —12’ dan —14° gacha, iyulniki 24—26°. Doimiy oqar suv yuq, erta bahorda oqib, yezda qurib qoladigan soy, jilgʻalar bor. Oʻsimlik siyrak, shuvoqning bir necha turi, shuningdek, shoʻra usadi. Soy va botiqlarda burgan, teresken, shuvoq, betaga uchraydi. B. bahorgi va kuzgi yaylov. Sugʻorish, ekin ekish, yaylovlarga suv chiqarish sohasida katta ishlar qilinmoqda. Gips, qoʻrgʻoshin va temir rudalari, marmar, togʻ xrustali, kvarsit, yashma, tuz va boshqa fonda li kazilma konlari topilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |