Kontent qismiga oʻtish

Oq uy

Koordinatalari: 38°53′52″N 77°02′11″W / 38.8977°N 77.0365°W / 38.8977; -77.0365
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Beyaz Saraydan yoʻnaltirildi)
Oq uy
Umumiy maʼlumot
Joylashuvi 38°53′52″N 77°02′11″W / 38.8977°N 77.0365°W / 38.8977; -77.0365
Manzili Pennsylvania Avenue NW
Washington, D.C.
Shahar Vashington
Mamlakat AQSH
Qurilishi boshlangan 13-oktyabr, 1792-yil (232 yil avval) (1792-10-13)
Qurilishi tugagan 1-noyabr, 1800-yil (224 yil avval) (1800-11-01)
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor James Hoban
Boshqa dizaynerlar Neoclassical, Palladian
whitehouse.gov
Oq uy

Oq uy (White House) - AQSh prezidentining rasmiy qarorgohi va ish joyidir (1800-yildan). U Vashingtondagi 1600 Pensilvaniya avenyusida joylashgan bo'lib, 1800-yilda Jon Adamsdan keyin har bir AQSh prezidentining qarorgohi bo'lib kelgan[1]. "Oq uy" atamasi ko'pincha prezident va uning maslahatchilarining metonimi sifatida ishlatiladi[2]. Turar joy irlandiyalik arxitektor Jeyms Xoban tomonidan neoklassik uslubda yaratilgan. Xoban Dublindagi Leinster uyidagi binoni modellashtirgan bo`lib, bu binoda bugungi kunda Irlandiya qonun chiqaruvchi organi Oireachtas joylashgan. Qurilish 1792 va 1800-yillar orasida bo'lib o'tgan. Tomas Jefferson 1801-yilda Oq uyga ko'chib o'tganida, u me'mor Benjamin Genri Latrobe bilan birga har bir qanotga otxonalar va omborlarni yashiradigan past kolonnalarni qo'shdiradi. 1814-yilda , 1812-yilgi urush paytida, saroy Britaniya kuchlari tomonidan yoqib yuborilgan, ichki qismi vayron qilgan va tashqi koʻrinishining katta qismini yondirilgan. Qayta qurish ishlari urushdan so`ng darhol boshlandi va prezident Jeyms Monro 1817-yil oktyabr oyida qisman rekonstruksiya qilingan boshqaruv qarorgohiga ko'chib o'tadi. Tashqi qurilish 1824-yilda yarim dumaloq janubiy portiko va 1829-yilda Shimoliy portiko qo'shilishi bilan davom etdi.

  1. „White House History“. clintonwhitehouse4.archives.gov. Qaraldi: 2022-yil 6-noyabr.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil