Beyneu - Bozoy - Chimkent gaz quvuri
Beyneu — Bozoy — Chimkent gaz quvuri Qozogʻistonning gʻarbidan janubiga Mangʻistau, Aqtoʻbe, Qiziloʻrda va Janubiy Qozogʻiston viloyatlari hududi orqali oʻtgan. U mamlakatning gʻarbiy gaz konlarini janubi-sharqidagi gaz isteʼmolchilari bilan bogʻlab bergan. Ushbu Beyneu — Bozoy — Chimkent gaz quvuri 2015-yil noyabr oyida ishga tushirilgan.
Jarayonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qozogʻistonning barcha neft va gaz konlari mamlakatning gʻarbiy qismida Kaspiy boʻyida joylashgan. Mamalkatning qolgan qismida asosiy yoqilgʻi Ekibastuz va Qaragʻanda koʻmirlari mavjud. Sovet Ittifoqining magistral gaz quvurlari Qozogʻistonning gʻarbiy qismidan oʻtgan: " Buxoro — Ural " (1963), „ Oʻrta Osiyo — Markaz“ (OAK, 1967) va Xiva (Oʻzbekiston) — Beyneu — Aleksandrov Gay (Rossiya), Prorva (Qozogʻiston) — Kenkiyak — Orsk (Rossiya) kabi yirik gaz quvurlari ushbu hudud liniyalari boʻylab oʻtgan. Markaziy Osiyo va Qozogʻiston gazining barcha oqimlari Rossiya Federatsiyasi hududiga va u orqali Yevropaga joʻnatiladi va hozirda Qozogʻiston amalda faqat yoqilgʻini tashish uchun yoʻnalish „koʻprigi“ boʻlib xizmat qilib kelmoqda.
Faqat mustaqillik davrida Qozogʻiston gaz transporti tizimi oʻz maqsadiga xizmat qila boshladi — maishiy isteʼmolchilarni gaz bilan taʼminlash ishlari amalga oshirila boshlandi[1]. Hozirgi vaqtda respublikadagi eng yirik konlar — Qashagʻon, Tengiz, Shagʻirli va Shomishti konlari OAK gaz quvuriga ulangan. 2014-yilga kelib „Jangala“, „Makat“, „Opornaya“ va „Beyneu“ stansiyalarida Qozogʻistonning janubiy viloyatlariga gaz yetkazib berish va Xitoyga eksport qilish uchun gaz quvurlari liniyalari qurildi.
Gaz quvuri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Beyneu — Bozoy — Chimkent gaz quvuri Qozogʻistondagi mavjud gaz quvurlarini yagona ichki tarmoqqa bogʻladi, bu esa birinchi marta mamlakat janubi tabbiy gaz yoqilgʻisi bilan taʼminlash imkonini beradi. Bu gaz quvuri loyihasi Janubiy Qozogʻiston viloyatida joylashgan 577 ta aholi punktini gaz bilan taʼminlash imkonini berdi. Ularning yarmi hech qachon gazlashtirilmagan, qolgan yarmi gazli-Chimkent gaz quvuri orqali Oʻzbekistondan gaz yoqilgʻisini olgan. Yangi avtomagistral ishga tushirilishi bilan Janubiy Qozogʻiston toʻliq maishiy gazga oʻtishga muvaffaq boʻldi[2].
Yiliga 10 million kub metrgacha tabiiy gaz yetqazib berish quvvatiga ega, diametri 1067 mm boʻlgan gaz quvuri ikki bosqichda qurildi. Birinchi bosqich 2013-yilda yakunlandi. Ikkinchisi — 2016-yilda tyakulnadi. Uning uzunligi 1475 kilometrni tashkil etdi. Gaz quvurining qurilish loyhasi quvvati 3,6 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Gaz quvurini qurishda 3800 ga yaqin kishi ishtirok etgan boʻlsa, ularning 90 foizi qozogʻistonlik mutaxassislardir. Ish „KazTransGaz“ AK kompaniyalar guruhi tomonidan amalga oshirildi. Gaz quvuri 2015-yilning noyabr oyida muddatidan 5 oy oldin foydalanishga topshirildi[3].
Shartnomalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Keyinchalik gaz quvuri Qozogʻiston-Xitoy gaz quvurining shimoliy tarkibiy qismiga aylandi. 2018-yilning 12-oktabr kuni Pekinda „KazTransGaz“ AJ va „PetroChina International Company Limited“ oʻrtasida Qozogʻiston gazi eksportini 2019-yildan boshlab yiliga 5 dan 10 milliard kub metrgacha oshirish boʻyicha 5 yillik shartnoma imzolandi. 5 milliard kub metr hajmi Janubiy Qozogʻistonda oʻz ehtiyojlari uchun qolmoqda va 10 milliard kub metr hajmi eksport uchun Xitoyga yuborilmoqda[4].
2018-yilda esa mamlakat shimoliga Qiziloʻrda — Jezqazgʻon — Qaragʻanda — Temirtau — Ostona yoʻnalishi boʻyicha qurilayotgan " Sariarqa " gaz quvuri uchun asosiy xom ashyo manbai sifatida tanlab olindi[5].
Shuningdek
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Transkaspiy gaz quvuri
- Turkmaniston — Xitoy gaz quvuri
- Qozogʻiston — Xitoy gaz quvuri
- Sariarqo gaz quvuri
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „«ГАЗОВАЯ ЭРА» КАЗАХСТАНА“. 2018-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-dekabr.
- ↑ „Газопровод «Бейнеу-Бозой-Шымкент» решит историческую проблему зависимости юга Казахстана от импортного газа“. 2018-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-dekabr.
- ↑ „В Казахстане запустили новый газопровод исторического значения Бейнеу-Бозой-Шимкент“. 2018-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-dekabr.
- ↑ „Казахстан в два раза увеличит объемы экспорта газа в Китай“. 2021-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-dekabr.
- ↑ „Газопровод «Сарыарка»: сроки строительства, тарифы, охват регионов“. 2018-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-dekabr.