Bibi Seshanba (ziyoratgoh)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bibi Seshanba
Umumiy maʼlumot
Joylashuvi Sultonobod
Manzili Qoʻrgʻontepa tumani
Shahar Andijon viloyati
Mamlakat Oʻzbekiston

Bibi Seshanba yoki Bibi Seshanbe — Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumani Sultonobod qishlogʻining Andijon-Xonobod yoʻli yoqasida joylashgan[1].

Nomlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ziyoratgoh nomining kelib chiqishi oʻzbek va tojik xalqlarining afsonaviy siymosi Bibi Seshanba nomi bilan aloqador. Ushbu obraz oilaviy baxt va tikuvchilik, ip-yigiruv kabi hunarlarning homiysi, ayollarning himoyachisi sifatida talqin etiladi. Bu obraz yana boshqa xalqlarda ham tilga olinadi. Masalan, turklarda — Parshamba pari, afgʻonlarda — Bibi Charxi, Bibi Risinda, uygʻurlarda esa Seshamba Bibi kabi nomlari qoʻllanib keladi[2][3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fargʻona vodiysida momolar yoki bibilar bilan bogʻliq ziyoratgohar oʻrta asrlarda ham mavjud bolgan. Bu togʻrisidagi maʼlumotlarni Muhammad Mufti Ohangaroniy oʻz asarida shunday yozgan:

Men nima qilarimni bilmay Momo Xotunning muborak qabrlariga bordim. Ul orifalar sayyidasi Hazrat Sulton ul-Orifin (Ahmad Yassaviy) ning asrdoshi edi. U kishining jazbasi nihoyatda quvvatli edi. Oʻz holimni arz qildim Shu asnoda Hazrat Momoning ruhi hozir boʻldi.[4]

Sovetlar davrida ziyorat qilish taʼqiqlab qoyilgan. Bu yerda oromgoh tashkil etilib, oʻquvchilar dam olgan. 2000—2005-yillar davomida hudud koʻngillilar tomonidan obodonlashtirilgan. Kichik xona oʻrniga milliy uslubdagi ganchkor maqbara va choyxona, oshxonalar qurilgan. Buloqlar qirgʻoqlari toshlar bilan mustahkamlangan.

Maqbara quyi qismida „Jannatbuloq“, „Sumalakbuloq“, „Qizbuloq“, „Koʻzbuloq“, „Shoʻrbuloq“ kabi shifobaxsh buloqlar mavjud. Ushbu buloqlar tarkibidagi minerallar turli xil toshmalar, ichki kasalliklar, quloq vq koʻz sohasidagi kasalliklarga davo hisoblanadi. Tarixchi S.Jalilovning fikricha ushbu hududda Qoʻqon xonlari ham dam olib ketgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Биби Сешанба святое место“. 2019-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-dekabr.
  2. 2,0 2,1 Eraliyev, Baxtiyor; Ostonaqulov, Ikromiddin; Abdulahatov, Nodirjon. Bibi Seshanba ziyoratgohi, 2014, Toshkent: Turon Zamin Ziyo — 324 bet. ISBN 978-9943-335-74-5. 
  3. „Story of Bibi Se Seshanbe“ (fa). Dibache. 2010-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-iyul.
  4. Ohangaroniy, Muhammad Mufti. Hijrati Momo Xotun, Ohangaron, XVI asr.