Bibi Xojar majmuasi
Bibi Xojar majmuasi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy obyekt |
Turi | Majmua |
Manzili | Soyot MFY |
Shahar | Xiva tumani |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Koordinatalar | 41°22′42″N 60°21′50″E / 41.3783313°N 60.3639066°E |
Qurilishi boshlangan | XIII asr |
Qurilishi tugagan | 1846-yil |
Egasi | Davlat mulkiga tegishli |
Bibi Xojar majmuasi – Xiva tumanining Soyot mahallasida joylashgan va 1846-yilda toʻliq shakllanib boʻlgan tarixiy majmua. Majmua tarkibida maqbara, qishki masjid va qabriston boʻlib, qishki masjid ustunida binoning Muhammad Rahimxon II davrida qurilganligiga ishora qiluvchi yozuvlar mavjud[1].
Bibi Xojar majmuasi Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishlidir[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu majmua Ichan qal’aning eng qadimiy yodgorliklaridan biridir. Maqbara ziyoratxona (sajdaxona) va goʻrxona (maqbara)dan iborat. Maqbara XIII asrda qurilgan va asrlar davomida qabrlar sonining ortib borishi sababli keyinchalik maqbara darajasida qisqartirilgan. Biroq, arxeologik qazishmalar natijasida yodgorlikning tarixi va avvalgi koʻrinishi haqida yetarlicha maʼlumotlar toʻplangan. Tarixchi Ahmad Roziy Said Alovuddinni Xorazmning mashhur shayxlari qatoriga kiritib, u shayx Najmiddin Kubrodan keyingi mashhur shayxlardan biri ekanligini taʼkidlagan. Bu borada Jomiy va Navoiy asarlarida ham maʼlumotlar mavjud.
Goʻrxona (maqbara) muqaddas joy hisoblangan daxma qismi oʻzining goʻzalligi bilan ajralib turadi. Maqbara binosi sirlangan yashil, toʻq koʻk, och koʻk va oq rangdagi nafis naqshlar bilan bezatilgan. Bunday naqshli bino Xivada yagona boʻlib, Bibi Xojar maqbarasidagi kabi naqshlarni Samarqanddagi Shohizinda majmuasiga kiruvchi Qusama Ibn Abbos maqbarasida ham koʻrish mumkin.
Bibi Xojar maqbarasi oʻsha davr olimi, Naqshbandiy qarashlarining tarafdori boʻlgan amir Soʻfi Kulaylim tashabbusi bilan qurilgan[1].
Rekonstruksiya qilinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maqbara shayx Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi munosabati bilan qayta tiklangan. Bibi Xojar ayni paytda Najmiddin Kubroning onasi boʻlgan[3]. „2022—2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Xiva tumanidagi „Bibi Xojar“ maqbarasida ziyoratchilar uchun sharoit yaratish (maqbara hududini obodonlashtirish, unda savdo va ovqatlanish punktlarini yaratish) ishlari olib borilishi rejalashtirilgan[4][5].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Bibi Hajar Mausoleum. Full information about Bibi Hajar Mausoleum“. people-travels.com. Qaraldi: 2023-yil 13-oktyabr.
- ↑ „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Биби Ходжар мавзолей.“ (en). silkadv.com (2016-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 13-oktyabr.
- ↑ „ 546-сон 28.09.2022. 2022-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“. lex.uz. Qaraldi: 2023-yil 13-oktyabr.
- ↑ Маданият вазирлиги Ахборот ва матбуот хизмати. „2021-2025 йилларда Республика маданий мерос объектларида таъмирлаш-тиклаш ва консервация ишларини олиб бориш учун ёдгорликлар рўйхати“. Telegraph (2020-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 13-oktyabr.