Kontent qismiga oʻtish

Bibi Zuhra madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Bibi Zuhra madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Bibi Zuhra
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Bibi Zuhra
Asosiy sana:
XVIII asr oxiri
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 5 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Bibi Zuhra madrasasi  — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Bibi Zuhra madrasasi XVIII asr oxirida Volidayi xon masjidi guzarida[1], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Shohmurod davrida Bibi Zuhra tomonidan bunyod etilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasa vaqf hujjati xati nastaʼliq, fors tilida hujriy 1214-yil jumad ul-avval oyida (1799-yil oktyabr) Amir Shohmurod davrida rasmiylashtirilgan. Mazkur vaqf hujjatida shunday maʼlumot yozilgan: „Xastalanib vafot etgan eshon Muzaffarxoja sadr valadi mazkur (Umarxoja) eshon naqibning xotini Bibi Zuhra oyim Olloyor toʻqsabo qizi eshon Shafi’xoja sadr valadi eshon Umarxoja naqibni vakil boʻlgan“. Hujjatda madrasa vaqfi uchun Kamot tumanidagi Halvogaron qishlogʻidagi 50 tanob yerning uchdan ikki qismi qismini vaqf qilingan. Bibi Zuhra madrasasi gʻarbida Volidayi xon masjidi ayvoni va Turki Odilshoh hovlisi, shimoli va sharqida ham hovli, janubida masjid yoʻli mavjud boʻlgan. Madrasa hujralarida 2 nafardan talaba yashagan. Madrasaga voqifaning oʻzi mutavvali boʻlgan. U vafot etsa ukasi Lutfullaxoja va uning avlodlari ushbu vazifani bajargan. Mazkur vaqf hujjati Amir Shohmurod, qozi ul-quzzot Muhammad Olim ibn Muhammad Yaʼqub, qozi Mir Abdulloh va yana bir qator shaxslar muhrlari bilan tasdiqlangan[2]. Bibi Zuhra madrasasi 5 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.


  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.