Bikanjon-bika majmuasi
Bikanjon-bika majmuasi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy obida |
Turi | majmua |
Shahar | Xiva |
Qurilishi boshlangan | XVI asr |
Bikanjon-bika majmuasi – Majmua shayx Shoqalandar boboning yaqinida qurilgan. Majmuaga; madrasa, minora, masjidni oʻz ichiga oladi. Qurilish jarayonida bir qancha muammolarga duch kelingan. Majmuaning qurilishi boshlangandan keyin biroz vaqt choʻziladi. Ayrim vaqtlarda toʻxtab qoladi. Shoqalandar bobo ziyoratgohining yoniga 1894-yilda masjid, madrasa va minora qurilgan. Qurilish ishlaridagi bosh usta Abdullo boʻlgan[1]. Qurilish ishlari biroz choʻziladi. Muhammad Rahimxon II (1845-1910) ning singlisi Bikanjon bika qurilish ishlarini oxiriga yetkazdi. Qurilish ishlarni yakunlashdagi bosh usta Usta Ovul edi. Tarixshunoslar majmua qurilishini shunday talqin qiladilar; majmua qurilishining boshlanishida xondan ruxsat olinmagan. Xon esa qurilishni toʻxtatgan. Muhammad Rahimxon II davrida qurilish qayta boshlangan ammo mablagʻ yetishmovchiligi uchun u 2 ta pudratchiga pul yigʻishni va qurilishni yakunlashni buyuradi[2]. Bikanjon-bika majmuasining qurilish ishlarini Muhammad Rahimxon II ning singlisi Bikanjon Bika yakuniga yetirgani uchun majmuani uning nomi bilan ataydilar.
Majmua tuzulishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bikanjon-Bika majmuasi 3 ta binodan tashkil topgan. Bular: madrasa, minora, masjid hisoblanadi.
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bino kirish qismida 4 metrlik minora boʻlib, majmua toʻrtburchak shaklda qurilgan. Majmua shimol tomonga qarab qurilgandir. Bikanjon-Bika majmuasiga kirish gumbazli qatorlar orqali oʻtuvchi yoʻlak uch gumbazli ayvondan boshlangan. Darsxona toʻsin bilan qoplangan boʻlsa, masjid sfrerasimon gumbaz bilan oʻralgandir. Shuningdek majmuada madrasa ham bor. Madrasaning oʻlchami 32/32 oʻchamda qilingan boʻlib, minora balandligi 18 metrni tashkil etadi. Maqbar 6.2 metrga 6.2 metrda qurilgan boʻlsa, hujralarning oʻlchami 4/4 metrni tashkil qilgan. Madrasaning kirish qismida 3-gumbazli ayvon bor[3]. Majmuadagi masjid sferasimon gumbazlar bilan oʻralgan boʻlsa, darsxonalar toʻsinlar bilan oʻralgan. Darsxona hujralari toʻrtburchak shaklida qurilgan[4].