Kontent qismiga oʻtish

Bilim va malakalarni baholash agentligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi
Turi Davlat boshqaruv idorasi
Maqomi Amalda
Ishga tushgan sanasi 1994-yil 14-may[1]
Joylashuvi Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bogʻishamol koʻchasi, 12
Vebsayti uzbmb.uz
Til(lar)i Oʻzbekcha

Bilim va malakalarni baholash agentligi — ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda test sinovi orqali tanlab olishga oid davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda test sinovlarini oʻtkazish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1992-yil 11-martdagi PF-361-son farmoni bilan tashkil topdi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq har yili test sinovlari o‘tkazadi:

  1. Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari.
  2. Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarligini aniqlash uchun.
  3. Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari (15 ta xorijiy til bo‘yicha).
  4. Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish uchun o‘tkaziladigan test sinovlari.
  5. Xorijiy davlatda olingan taʼlim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlarini tashkil etish.
  6. O‘zbekiston Respublikasidagi davlat oliy taʼlim muassasalarining ikkinchi bosqich qo‘shma taʼlim dasturlarida o‘qitish olib boriladigan chet tili bo‘yicha test sinovlari.
  7. Ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlari uchun test sinovlari.
  8. Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash bo‘yicha test sinovlari.
  9. Rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari.
  10. Akademik litsey bitiruvchi bosqich o‘quvchilarini chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari.
  11. O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining bakalavriat taʼlim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha maxsus psixologik tanlov va yozma imtihon (diktant).
  12. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi bakalavriat taʼlim yo‘nalishiga o‘qishga qabul bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari;
  13. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari.
  14. Akademik litseylarga o‘qishga qabul bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari.
  15. Xorijiy va nodavlat taʼlim tashkilotlaridan davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari.
  16. Professional taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlari.
  17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti uchun test sinovlari.
  18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga nomzodlar uchun test sinovlari.