Biologiyadan qisqacha ruscha-oʻzbekcha lugʻat
Muallif(lar) |
P. R. Olimxoʻjayeva N. Sh. Sharofiddinxoʻjayev |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | ilmiy lugʻati |
Nashriyot | „Ibn Sino“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1990 |
Sahifalar soni | 84 |
„Biologiyadan qisqacha ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ — ruscha-oʻzbekcha biologik atamalar boʻyicha lugʻat. Lugʻat Toshkent davlat tibbiyot instituti biologiya kafedrasining dotsentlari biologiya fanlari nomzodi P. R. Olimxoʻjayeva va meditsina fanlari nomzodi N. Sh. Sharofiddinxoʻjayevlar tomonidan tuzilgan. Professor P. I. Toshxoʻjayev tahriri ostida biologiya fanlari doktori, professor O. T. Oqilov jamoatchilik asosida taqriz yozgan.
Ushbu ruscha-oʻzbekcha biologik atamalar lugʻati ham ruscha, ham oʻzbekcha izohlari berilganligi bilan ajralib turadi. Lugʻatda atamalar kirill alifbosi tartibida joylashtirilgan va 1000ga yaqin atamalar va tushunchalarning izohi kiritilgan.
Lugʻat 1990-yil Toshkent shahrida „Ibn Sino“ nashriyotida chop etilgan. Kitobni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Komolov - redaksiya mudiri, A. Qosimov, I. Kasilova – muharrir, L. Jixarskaya – texnik muharrir, E. Valiyev – rassom, M. Haydarova, N. Abdullayeva – musahhih. Kitob adadi – 8 000 nusxa.