Birlashgan Millatlar Tashkiloti pasporti
Birlashgan Millatlar Tashkiloti pasporti inglizcha: United Nations laissez-passer fransuzcha: Laissez-passer de l’ONU | |
---|---|
Mashinada oʻqiladigan yozuv bilan koʻk BMT pasportining muqovasi. | |
Turi | pasport (lasse-passe) |
Kim tomonidan berilgan | BMT va XMT |
Maqsad | shaxsni tasdiqlash |
Muvofiqligi | BMT va boshqa baʼzi xalqaro tashkilotlar rasmiylari |
Birlashgan Millatlar Tashkiloti diplomatik pasporti inglizcha: United Nations diplomatic laissez-passer fransuzcha: Laissez-passer de l’ONU diplomatique | |
---|---|
Mashinada oʻqiladigan yozuv bilan qizil BMT pasportining muqovasi. | |
Turi | diplomatik pasport (lasse-passe) |
Kim tomonidan berilgan | BMT |
Maqsad | shaxsni tasdiqlash |
Muvofiqligi | BMTning diplomatik xodimlari va boshqa baʼzi xalqaro tashkilotlar direktorlari (D-2 va undan yuqori darajali) |
BMT pasporti (inglizcha: UNLP yoki inglizcha: United Nations Laissez-Passer) — 1946-yil 13-fevraldagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Imtiyozlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaning VII moddasiga muvofiq Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Nyu-York va Jenevadagi va Xalqaro mehnat tashkiloti vakolatxonalarida rasmiy sayohat hujjati[1]. UNLP BMT va XMT xodimlariga, shuningdek boshqa tashkilotlar: JSST, MAGATE, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti, Jahon sayyohlik tashkiloti xodimlariga beriladi. Pasport ingliz va fransuz tillarida yozilgan.
UNLP shaxsiy guvohnoma sifatida (milliy pasport kabi) ishlatilishi mumkin, lekin faqat Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy missiyalarida. Ayrim davlatning pasporti kabi, baʼzi mamlakatlarda BMT pasportiga ega boʻlinsa, viza olinishi shart emas, ammo baʼzi davlatlar (masalan, Turkmaniston[2], Keniya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Germaniya, Lyuksemburg, Livan va boshqalar)da u tezkor soʻrov boʻyicha ega boʻlish mumkin.
Xalqaro tashkilotlarning aksariyat xodimlari huquqiy maqomi boʻyicha xizmat pasportiga oʻxshash koʻk rangli UNLP (D-1 darajasiga qadar) ga ega. Yuqori mansabdor shaxslar qizil UNLP (D-2 va undan yuqori daraja)ga ega va ularning maqomiga qarab, ular maʼlum imtiyozlarga ega boʻlishi mumkin, shuning uchun qizil UNLP (huquqiy maqomda) diplomatik pasportga oʻxshaydi[3][4][5].
Tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy sahifada egasi haqidagi grafik maʼlumotlar va mashinada oʻqiladigan yozuv mavjud. Pasportda quyidagilar mavjud:
- Surat
- Hujjat turi
- Hujjat raqami
- Familiya
- Ism
- Kasb-hunar
- Tugʻilgan sana
- Jinsi
- Berilgan sana
- Muddati
- Kim tomondan berigan (bergan shahar kodi, masalan, Jeneva uchun GVA)
- Imzo (qarama-qarshi sahifa)
e-UNLP
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012 yildan boshlab, ICAO tomonidan oʻrnatilgan xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan elektron UNLPlar chiqarildi. Ular egasi haqidagi biometrik maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Barcha elektron UNLPlar besh yil muddatga va xodim shartnomasining amal qilish muddatidan qatʼi nazar, beriladi. E-UNLPning amal qilish muddati viza haqida qoʻshimcha maʼlumotni oʻz ichiga olmaydi va uzaytirilishi mumkin emas.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ „Конвенция о привилегиях и иммунитетах Объединенных Наций — Конвенции и соглашения — Декларации, конвенции, соглашения и другие правовые материалы“.
- ↑ „Официальному представителю ООН вручена вербальная нота о безвизовом въезде в Туркменистан“. 2021-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.
- ↑ Igor Yanev. Дипломатија (Diplomatiya). Belgrad: Belgrad Siyosiy tadqiqotlar instituti, 2013. ISBN 978-86-7419-261-0.
- ↑ Igor Yanev. Увод у дипломатију (Diplomatiyaga kirish). Belgrad: AGM, 2015. ISBN 978-86-86363-64-0.
- ↑ Igor Yanev. Међународно право и међународни односи (Xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar). Belgrad: Belgrad Siyosiy tadqiqotlar instituti, 2012. ISBN 978-86-7419-244-3.