Kontent qismiga oʻtish

Biyurgʻun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Biyurg‘undan yoʻnaltirildi)
Biyurgʻun
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: O'simliklar
Sinf: Gultojixoʻrozdoshlar
Oila: Anabazis
Binar nomi
Anabasis salsa

Biyurgʻun (lotincha Anabasis salsa) – shoʻradoshlar oilasiga mansub o‘smilik. Shoxlari jigarrang, mayda bargli, past boʻyli, sershox, koʻp yillik yarim buta[1].

Botanik tavsifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Balandligi 5-25 sm past boʻyli bo'lib, pastki qismi yogʻochsimon poyalar bilan qoplangan. Shoxlari baland, koʻp hosil beradigan, koʻpincha och zangori-yashil yoki yashil rangda bo'ladi. Novdalari silindrsimon, pastki qismining diametri 1-2 mm, yalangliklarda uchraydigan, bir yillik kurtaklar hosil qiladigan sershox yarim butalar hosil qiladi. Biyurgʻunning bargi 40 mm gacha, baʼzan juda qisqargan 2-3 mm gacha boʻladi.

Barglari koʻp bo'lib, pastki va oʻrta qismi rivojlangan, uzunligi 2-5 mm, yarim silindrsimon, ustki yarmi bir oz kengaygan, oʻsimtasimon, koʻpincha juda qisqa, tez to'kilib ketadigan tuklardan iborat[2].

Gullari dona-dona, yon tomoni keng tuxumsimon, oʻtsimon, oʻsimtasimon, kalta novdasimon, boshoqsimon toʻpgullarda toʻplangan . Gulining eng yuqori qismi oʻsimtasimon, meva berishda deyarli avvalgi holatidan oʻzgarmaydi.

Mevasi katta tuxumsimon, oʻzida koʻp miqdorda suv toʻplagan, qizil rangda boʻladi[3].

Tabiatda biyurgʻunning bu turi Yevroosiyo – Rossiyaning Yevropadagi qismi va janubi-sharqiy hududlari, Ozarbayjonning sharqiy hududlari, Eronning shimoliy hududlari, Kavkaz, Moʻgʻuliston, Qozogʻiston, Sibir, Shinjon va Markaziy Osiyoni qamrab olgan[4]. Dengiz sathida 440 metrdan 1900 metrgacha balandlikda boʻlgan joylarda oʻsadi. Asosan Gobi choʻllarida uchratishimiz mumkin. Haligacha sunʼiy ravishda yetishtirlmagan va xonakilashtirilmagan.

Yarim choʻllarda katta maydonlarni egallab, tuyalar uchun katta ozuqaviy ahamiyatga ega boʻlib, ular uchun kuz va qishda yaxshi semirtiruvchi ozuqa, bahor va yozda kamroq isteʼmol qilinadi. Otlar, qoʻylar va echkilar uchun zararli hisoblanadi, chunki mahalliy statistikaga koʻra, biyurgʻunni isteʼmol qilgan yuqorida koʻrsatilgan hayvonlarning koʻpchiligida junlarning toʻkilishiga sabab boʻlgan. Asosan, taqir, shoʻr va shoʻrxok choʻllarda oʻsadi, yilning iyul oylarida gullaydi, urugʻi sentyabrda pishib yetiladi. Biyurgʻun tarkibida asosan 1,22% foiz miqdorida alkaloid, 7—9% foiz miqdorida oksalat kislotasi, 1,38% foiz miqdorida sirka kislotasi, va boshqa ishqor moddalari bor.

Oʻzbekistonda tarqalishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Biyurgʻun asosan Buxorodagi Qizilqum va Qoraqalpogʻistonning Ustyurt choʻllarida, shuningdek Qoraqum, Moʻyunqum choʻllari va Orolboʻyi hududlarida keng tarqalagan[5].

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. Книги «Флора СССР» (см. раздел Литература).
  2. „Тома Б. К. Шишкин. — С. 288—289. — 956, XXXVI с. — 5200 экз.“.
  3. Volkens (1893) , In: Nat. Pflanzenfam. 3. 1a: 87
  4. „盐生假木贼.“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-oktyabr.
  5. „Qoraqalpog'iston florasi“.