Kontent qismiga oʻtish

Blaster Beam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Blaster bim (inglizcha: Blaster Beam) yoki shunchaki bim (inglizcha: The Beam 1970-yillarda ixtiro qilingan elektron torli musiqa asbobi boʻlib, ilmiy-fantastik filmlar saundtreklarida qoʻllanishi bilan mashhurlikka erishgan[1].

Umumiy tavsif

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blaster bim — bu bir necha metr uzunlikdagi toʻgri va tekis metall boʻlak (balka) boʻlib, yuqori tomoni boʻylab torlar va elektr gitaradagi kabi tovush olgichlar tortilgan. Uni torlarni qoʻl yoki turli buyumlar, misol uchun metall naychalar bilan urib kuy chalishadi.

Blaster bim 1970-yillarning boshida Jon Lazell tomonidan ixtiro qilingan, keyinchalik uni choʻyandan bir nechta asbob yasagan bastakor Fransisko Lupika oʻz asarlarida qoʻllab koʻrgan[2]. Oradan vaqt oʻtib, boshqa bir amerikalik bastakor Kreyg Xaksli bimning oʻz versiyasi — 12 fut uzunlikdagi alyuminiydan ishlangan cholgʻu asbobini yaratdi. U artilleriya snaryadlarining gilzalari yordamida torlarga urib yoki ular boʻylab harakatlangancha simlarni korpusga qadab (xuddi pedal uslubi, slayd gitara turlaridagi kabi) blaster bimda kuy chalgan.

Tashqi mediafayllar

Bastakor Jerri Goldsmit 1979-yilda suratga olingan „Yuzduzli yoʻl“ filmi uchun musiqa yozish vaqtida Xaksli bilan tanishdi va „Vi-Jer“ bilan bogʻliq musiqiy mavzu uchun blaster bim ovozidan foydalandi. Qaygʻuli, qoʻrqinchli ovoz ushbu sirli obyekt hosil qilayotgan tahdidni yetkazib bera oldi. (Xasklining oʻzi yoshligida „Yulduzli yoʻl“ serialida ikkita epizodik rol orqali koʻrinish bergan).

Tashqi videofayllar
[1]

Asbob bir qator ilmiy-fantastik filmlarda, shuningdek, eksperimental va ommabop musiqalarda ovoz effektlarini yaratish maqsadida ishlatilgan. Kreyg Xaksli Maykl Jekson bilan tanish edi va blaster bim ovozi uning bir qator qoʻshiqlari, jumladan „Billie Jean“ va „Beat It“[3] uchun qoʻllangan. Maykl Sterns „Xronos“[4] filmining saundtreki uchun alyuminiydan ishlangan blaster bimning oʻz versiyasini yaratgan. Bastakor Ber Makkiri „10 Cloverfield“ filmi uchun soundtrek yaratishda blaster bimdan foydalangan; Xaksli cholgʻu asbobini oʻz ustaxonasida chalgan.

  1. „Телефоны-раскладушки и бластер бим: чем еще мы обязаны «Стартреку» — Meduza“. 2016-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  2. „Michael Stearns — 'The Beam' — YouTube“. 2016-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  3. Mauricio Dupuis. Jerry Goldsmith — Music Scoring for American Movies, P. 134.
  4. Mathew J. Bartkowiak. Sounds of the Future: Essays on Music in Science Fiction Film, P. 219.