Kontent qismiga oʻtish

Blitz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Heinkel He 111 bombardimonchi samolyoti 1940-yil 7-sentabrda Janubiy Londondagi Surrey savdo doʻkonlari va Londonning sharqiy qismidagi "dogs" (1940-yil 7-sentabrdan 1941-yil 11-maygacha (8 oy 5 kun))

Blitz Germaniyaning 1940-1941-yillarda (ikkinchi jahon urushi vaqtida) Buyuk Britaniyani bombardimon qilish jarayonlari hisoblanadi. Bu atama birinchi marta ingliz matbuoti tomonidan qoʻllangan va nemischa "chaqmoq urishi" maʼnosini bildiruvchi "Blitzkrieg" soʻzidan kelib chiqqan.[1]

Nemislar 1940-yilda Buyuk Britaniyaning shaharlari, sanoat obyektlariga havo hujumlarini uyushtiradi. 1940-yilning sentabriga kelib Luftwaffe (Germaniya havo floti) Britaniya bilan jangda magʻlub boʻldi. Shundan soʻng Germaniya havo flotlariga Londonga hujum qilish buyuriladi.[2][3] 1940-yil 6-sentabrda Adolf Gitler va Luftwaffe bosh qoʻmondoni Reichsmarschall Hermann Göring tomonidan yangi "siyosat" oʻtkazish boshlandi. 1940-yil 7-sentabrdan boshlab London keyingi 57 kecha kunduzning 56 tasida Luftwaffe tomonidan muntazam ravishda bombardimon qilindi.[4][5] Eng eʼtiborlisi 15-sentabr kuni Londonga qarshi kunduzgi xujum edi.

Luftwaffe RAF (Buyuk Britaniya harbiy qoʻmondonligi) hujumlaridan qochish uchun kunduzgi xujumlarni asta sekin kamaytirib, tungi xujumlarga oʻtishni boshladi. Luftwaffe Liverpulning asosiy Atlantika dengiz portiga xujum qildi. Shimoliy dengizdagi "Hull" porti bombardimonchilar uchun qulay edi, shuningdek, oson yengish imkoni bor edi. "Hull" porti bombardimonchilar xujumidan aziyat chekkandan soʻng, Bristol, Kardiff, Portsmut, Plimut, Sautgempton, Suonsi, Belfast va Glazgo port shaharlari, Birmingem, Koventri, Manchester va Sheffildning sanoat markazlari ham bombardimon qilindi. Urush davomida 40000dan ortiq tinch aholi Luftwaffe bombardimonidan halok boʻldi. Ularning deyarli yarmi poytaxt aholisiga toʻgʻri keladi. Milliondan ortiq uylar vayron boʻldi.[1]

1940-yil iyul oyi boshida Germaniya Oliy qoʻmondonligi Sovet Ittifoqiga bostirib kirish boʻyicha Barbossa operatsiyasini rejalashtirishni boshladi.[6] Bombardimonlar inglizlarni taslim boʻlishga yoki urush iqtisodiyotiga katta zarar yetkaza olmadi, sakkiz oylik bombardimonlar Britaniya qurol ishlab chiqarishiga hech qanday jiddiy toʻsqinlik qilmadi, aksincha oʻsishiga olib keldi.[7][8] Eng katta taʼsir inglizlarni samolyot ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishga toʻsqinlik qilish edi. Britaniyadagi urush vaqtidagi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, shaharlar ogʻir zarba olganda tiklanish uchun 10-15kun kerak boʻladi, ammo Birmingem kabi shahar uchun istisno sifatida uch oy kerak boʻldi.[9] Germaniya havo hujumi muvoffaqiyatsizlik bilan tugadi. Chunki Luftwaffe qoʻmondonligi Britaniya urush sanoatini yoʻq qilish uchun uslubiy strategiya ishlab chiqmagan edi.

  1. 1,0 1,1 "WW2: Eight months of Blitz terror". BBC.
  2. Price 1990, p. 12.
  3. Ray 2009, pp. 104–05.
  4. Stansky 2007, p. 28.
  5. "The Blitz: The Bombing of Britain in WWII". WW2 Explained. 12 April 2021. Retrieved 21 October 2021
  6. Bungay, Stephen (2000). The Most Dangerous Enemy: A History of the Battle of Britain. London: Aurum Press. ISBN 1-85410-721-6. (hardcover), 2002, ISBN 1-85410-801-8 (paperback). pp. 112–13
  7. Cooper 1981, p. 174.
  8. Cooper 1981, p. 173.
  9. Hooton 1997, p. 38