Boʻrijar mahallasi
Qiyofa
Boʻrijar mahallasi (20-mavze, 9) — Chilonzor tumanidagi mahalla. „Botirma“, „Kichik Xirmontepa“, „Xirmontepa“, „Yakkatut“, „Xayrobod“, „Mevazor“ mahallalari hamda Ilonlikota qabristoni bilan chegaradosh. Oʻtmishda bu yerlar „Boʻrijar“ deb atalgani uchun 1970 yil mahallaga shu nom berilgan. Aholisi 3960 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 10 dan ortiq millat vakillari yashaydi (2009). Mahalla hududida 8 oziq-ovqat doʻkoni, dorixona, kafe, stomatologiya, poliklinika, bank mavjud[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.