Kontent qismiga oʻtish

Bobo Sungu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bobo Sungu“Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Xurosonning Andxud qasabasida yashagan majzub darvesh. Amir Temur bilan suhbatda boʻlganida, unga ishora tili bilan Xurosonni fath etishini bashorat qilgan. Bobojon Bobo va Bobo Ibrohim Andxudda uning vafotidan keyin darveshlik tariqatini davom ettirgan. Alisher Navoiy davrida ham ularning takyaxonasi obod va maʼmur boʻlgan. Ushbu shayx haqidagi faslni “Nasoyim ul-muhabbat”ga Navoiyning oʻzi yozib, kiritgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”. 
  2. “Nasoyim ul-muhabbat”.