Kontent qismiga oʻtish

Boboqul To‘xtayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Boboqul Yorqulovich To‘xtayev
Tavalludi 13-oktyabr 1958-yil (1958-10-13) (66 yosh)
Zarmitan qishlogʻi, Qiziltepa tumani
Fuqaroligi Oʻzbekiston SSR, Oʻzbekiston Respublikasi
Kasbi olim, pedagog
Sohasi biologiya
Ish joylari Buxoro davlat universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Taʼlimi Samarqand davlat universitetining biologiya fakulteti
Ilmiy darajasi biologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Tezis sarlavhasi „Oʻzbekistonning shoʻr yerlarida dorivor oʻsimliklar introduksiyasi“ (dokorlik, 2009)

Boboqul Yorqulovich Toʻxtayev – introduktor, biologiya fanlari doktori, professor[1].

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boboqul Toʻxtayev 1958-yil 13-oktyabrda Qiziltepa tumani Zarmitan qishlogʻida tugʻilgan. 1981-yilda Samarqand davlat universitetining biologiya fakultetini tugatgan. 1981-yilda Toshkent shahriga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutiga ishga keladi. Botanika institutida dastavval stajor-tadqiqotchi lavozimida ishlagan. 1982-yilda Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Urugʻchilik inspeksiyasida agronom-metodist lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Boboqul Toʻxtayev 1991-yilda „Shirinmiyaning shoʻr tuproqlarda oʻzlashtiruvchi oʻsimlik sifatida foydalanilishi va bioekologik xususiyatlari“ mavzusida fan nomzodligi uchun dissertatsiyani himoya qiladi[2]. 1992-yilda Buxoro davlat universitetida oʻqituvchi va dekan muovini lavozimlarida ishlaydi. 1993-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi F. N. Rusanov nomidagi Botanika bogʻining Tibbiyot botanikasi laboratoriyasida ish boshlaydi. Laboratoriyada dastlab kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim va laboratoriya mudiri lavozimlarida ishlaydi.

U 2001-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi „Botanika“ ilmiy ishlab chiqarish markazi tashkil etilgach Botanika bogʻi direktori, 2003—2008-yillarda „Botanika“ ilmiy ishlab chiqarish markazi laboratoriya mudiri lavozimida ishlaydi. 2008-yildan boshlab „Botanika“ ilmiy ishlab chiqarish markazi bosh direktori lavozimiga tayinlanadi.

Boboqul Toʻxtayev 2009-yilda „Oʻzbekistonning shoʻr yerlarida dorivor oʻsimliklar introduksiyasi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 2012—2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot olami genofondi institutining direktori, keyinchalik „Dorivor oʻsimliklar“ laboratoriyasining mudiri va loyiha rahbari lavozimlarida faoliyat olib boradi. Institut qoshidagi doktorlik dissertatsiyasi himoyasi boʻyicha ilmiy kengash aʼzosi.

Boboqul Toʻxtayev 120 dan ortiq maqolalar va tezislar muallifi.

  1. Абдуллаев А.А. ва б. Биологиядан қисқача изоҳли луғат. Тошкент: Наврўз, 2016 — 10-bet. 
  2. Мақсудов Р., Ражабов Қ. Қизилтепа тарихи. Тошкент: Тамаддун, 2015 — 208-bet.