Bobur bogʻi
Bobur bogʻi | |
---|---|
Joylashuv | Namangan shahri |
Turi | Bogʻ |
Qurila boshlagan | 1884-yil |
Ochilish sanasi | 1990-yil |
Xarita |
Bobur bogʻi (toʻliq nomi: Zahriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi) — Namangan shahrida joylashgan bogʻ. Oʻrnda avval gulzor mahalasi boʻlib ular asosan qulchilik bilan shugʻullanga gullardan gulob gulqad gullarng ildizida har xil shifo baxsh damlamalar tayyorlashar edi biroq uning dovrugʻi butun dunyo yetib keldi va Qoʻqon xoni Xudoyorxon madrasa qurilishi uchun aynan shu yerni talab olib madrasa qurilishi boshlandi biroq 1975 yilda rus qoʻshinlari Uzet tomonidan qal'a sifatida tortib olinadi va uyerni keyin chalik bogʻ qurilishi boshlandi Bogʻga 1884-yilda asos solingan boʻlib, 1990-yilga qadar Aleksandr Sergeyivich Pushkin nomi bilan atalib kelingan[1]. biroq uyega mahalliy aholi kiritilmagan faqat maxsus ruxsatnoma bilan kirish mumkin edi faqat 1920 yilda bogʻ mahalliy hokimiyat tasarrufiga oʻtadi va uyega mahalliy aholi ham kirishi mukin boʻladi ilk bora Hulkar bayrami 1961 yilda boʻlib oʻtadigan hozirgi kunda 40 kun davomida boʻlib oʻtdi
Bogʻning rekonstruksiya etilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Namangan shahriga tashrifidan soʻng qabul qilingan 1170-sonli qarori boʻyicha bogʻ davlat dasturiga kiritilgan va 2009-yilda qayta loyihalashtirib chiqilgan. 2009-yilning oktyabr oyida rekonstruksiya ishlari boshlab yuborilib, bogʻ hududida joylashgan 26-ta xizmat koʻrsatish obyektlari talabga javob bermagani tufayli buzib tashlangan. Loyiha umumiy qiymati 4 mlrd. 800 mln soʻmdan, 3 mlrd 300 mln soʻmlik qurilish montaj va obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Hozirgi kun kelib bogʻ hududida 6 ta choyxona va oshxona, 9 ta muzqaymoq pavilonlari, shuningdek, shaxmat-shashka klubi, 27 ta zamonaviy attraksionlar hamda boshqa koʻplab bu kabi koʻngilochar obyektlar xizmat koʻrsatib keladi. Bogʻ hududida 1 gektarlik hududni qamrab olgan 1,5 kmlik irrigatsiya tarmoqlari va 1 ta zamonaviy favvora ishlab turibdi. Shu bilan birga bogʻ hududida ochiq estrada maydoni, 400 tomoshabinga moʻljallangan amfiteatr bunyod etilgan. Hududda aholi dam olish uchun 175 ta oʻrindiq, 160 ta tungi yoritish chiroqlari oʻrnatib chiqilgan. Bogʻ xodimlari 24,5 shtat boʻyicha ishlab keladi. Shulardan 4 nafari rahbar, 2 nafari texnik xodim, 3 nafari gulchi, 1 nafari elektrik-mexanik, shuningdek, 4 nafar qorovul, 1 nafar irrigatsiya ishchisi, qolganlari turli xizmatlarni bajaruvchi xodimlardir (2023-yil statistikasi).
Xalqaro gullar festivali
[tahrir | manbasini tahrirlash]Har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan Xalqaro gullar festivali tadbirlari Bobur bogʻida boʻlib oʻtadi[2]. Festivalga har yili oʻrtacha 1,5 mln kishi tashrif buyurishi aytiladi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Istirohat boʻglari“. 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
- ↑ „Tungi Namangan manzaralari“. 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
- ↑ „Namanganda Xalqaro gullar festivali boshlandi“. 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.