Boku tarixi
Boku Ozarbayjon Respublikasining poytaxti boʻlib, u Shirvonning poytaxti ham boʻlgan (Axsitan I va Xalilulloh I davrida), Boku xonligi, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi va Ozarbayjon SSR va Rossiya Boku gubernatorligining maʼmuriy markazi boʻlgan. Boku qadimgi forscha Bagavandan olingan boʻlib, „Xudoning shahri“ deb tarjima qilinadi[1]. Boku nomini xalq etimologiyasi Bokuda tez-tez esadigan shamol tufayli forscha Bādkube (بادکوبه ) dan olingan, „shamol esadigan shahar“ maʼnosini anglatadi. Biroq, Bādkube soʻzi faqat XVI-XVII asrlarda mavjud edi, Boku esa kamida milodning V asridan oldin tashkil topgan[2].
Shaharning oʻrta asr manbalaridagi nomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asrlar/Yillar | Manbalar | Boku nomi |
---|---|---|
V-VIII asrlar | Movses Khorenatsi
Anania Shirakatsi |
Atli-Bagavan
Ateshi-Bagavan yoki oddiy Bagavan |
930-yil | Ishtaxriy | Bakuh |
943–944-yillar | Masudi | Bakuh |
942–952-yillar | Abu Dulaf | Bakuya |
982-yillar | Hudud-al-Alem | Baku |
985-yillar | Muqaddasi | Bakuh |
XII asr | Xaqani | Baku |
XIII asr | Yaqut Hamavi
Nasiraddin Tusi |
Bakuya |
XIV asr | Rashidaddin | Baku |
XV asr | Abdurrashid Bakuvi | Bakuya |
XVI asr | Hasan bey Rumlu | Baku |
XVII asr | Evliya Chalabi | Baku |
Shirvonshohlar tomonidan chiqarilgan tangalarda Bakuya nomi mavjud.
Tarixdan oldingi va qadimiy tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taxminan 1000 yil muqaddam zamonaviy Boku va Apsheron yarim oroli hududlari boy oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ega savanna edi. Odamlar bu yerlarga tosh asriga kelib joylasha boshlaganlar. Bronza davridan boshlab Bayil yaqinida toshga chizilgan rasmlar va Eski shahar hududida topilgan mayda baliqlarning bronzadan yasalgan haykallari mavjud. Bu baʼzilarning shahar hududida bronza davriga oid turar-joy mavjudligini taxmin qilishlariga olib kelgan[3]. Nardaran yaqinida Umid Gaya degan joyda tarixdan oldingi rasadxona topilgan boʻlib, u yerda toshda quyosh va turli yulduz turkumlari ibtidoiy astronomik jadval bilan birga oʻyilgan[4]. Keyinchalik olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida zamonaviy shahar hududi va uning atrofida turli xil tarixiy obidalar, mahalliy ibodatxonalar, haykallar va boshqa asarlar topilgan[5].
I asrda rimliklar ikkita Kavkaz yurishini uyushtirib, Bokuga yetib kelishgan. Boku yaqinida, Gobustanda milodning 84-96-yillariga oid Rim yozuvlari topilgan. Ushbu davrning qoldigʻi Bokuning Sabunchu tumanidagi Ramana qishlogʻidir[manba kerak].
Oʻrta asrlar va dastlabki zamonaviy davrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]X asrga qadar Oʻrta asr manbalarida Boku haqidagi maʼlumotlar kam yoki umuman yoʻq[6]. Shaharda topilgan dastlabki numizmatik dalillar milodiy VIII asrga oid Abbosiylar tangasidir. Oʻsha paytda Boku Arab xalifaligi va keyinchalik Shirvanshohlar mulki boʻlgan. Bu davrda ular tez-tez xazarlar va (X asrdan boshlab) ruslar hujumiga duch kelishgan. Shirvanshoh Axsitan I Bokuda dengiz flotini qurdi va 1170-yilda ruslarning yana bir hujumini muvaffaqiyatli bostirdi. Shirvoning poytaxti Shomoxida sodir boʻlgan dahshatli zilziladan soʻng, Shirvanshohlar 1191-yilda Bokuga koʻchib oʻtdi[7].
XII-XIV asrlar oraligʻida shahar va uning atrofida katta istehkom qurildi. Bu davrda Qiz minorasi, Ramana, Nardaran, Shagan va Mardakan qalʼalari hamda Boku koʻrfazidagi orolda mashhur Sabayel qalʼasi qurilgan. Shahar devorlari ham tiklandi va mustahkamlandi.
Bu davrda Bokuning eng katta muammosi Kaspiy dengizi edi. Suv sathining vaqti-vaqti bilan koʻtarilishi shaharning katta qismini qamrab oldi va mashhur Sabayel qalʼasi XIV asrda butunlay dengizga tubiga gʻarq boʻldi. Bu voqealar Shahriyunon kabi suv ostida qolgan shaharlar haqida bir necha afsonalarga sabab boʻldi.
Hulagu Xon Ozarbayjonda oʻtkazilgan uchinchi moʻgʻullar yurishi paytida (1231–1239) Shirvon davlati tasarrufidagi Bokuni egallab oldi va shahar Ilxoniylar uchun qishki qarorgohga aylandi. XIV asrda shahar Muhammad Oljeitu davrida obod boʻlib, uni ogʻir soliqlardan ozod qildi. Bakuviyalik shoir Nosir Bokiy Oljeituga panegrik yozdi va shu bilan ozarbayjon tilidagi birinchi sheʼr qismini yaratdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ашурбейли Сара. История города Баку: период средневековья. Баку, Азернешр, 1992
- ↑ Ашурбейли Сара. История города Баку.
- ↑ Город Баку... Retrieved on 24-iyun 2006-yil
- ↑ Ancient Observatory of Absheron. Gobustan, No 3 (1973)
- ↑ Cass, Frank. The Battle for Baku. London: Taylor and Francais online, 1918.
- ↑ Dodds, Henry. Baku, and Eventful History. New York: Arno press, 1977.
- ↑ "Ичери Шехер": быть или не быть (Wayback Machine saytida 20-iyun 2008-yil sanasida arxivlangan) Retrieved on 25-iyun 2006-yil