Hulokuiylar davlati
Hulokuiylar davlati, El xonlar davlati — Yaqin va Oʻrta Sharqda Moʻgʻullar davlati tanazzulga uchrayotgan paytda tuzilgai davlat (1256—1353). Asoschisi Chingizxonnmng nevarasi Huloku. Hulokuiylar davlatiga Eron, Afgʻo-niston va Turkmanistonning koʻp qismi, Kavkazortining yarmidan koʻpi, Iroq va Kichik Osiyoning sharqiy qismi (Qizil Irmoq daryosigacha) kirgan. Hulokuiylar davlati hukmdorlari elxon unvoniga ega boʻlishgan. Gruziya, Trapezund imperiyasi, Koʻniya sultonligi, Kilikiya arman podsholigi, Kipr qirolligi, Kurtlar davlati Hulokuiylar davlatining vassali hisoblangan. Poytaxti dastlab Marogʻa, soʻng Tabriz, keyinchalik Sultoniya boʻlgan. Hulokuiylar davlati Chigʻatoy ulusi, Oltin Oʻrda, mamluklar va salibchilar bilan urush olib borgan. Hulokuiylar davlati Rim papasi, Genuya, Fransiya va Angliya qirollari bilan ittifoq tuzib Misrga qarshi urushgan, lekin magʻlubiyatga uchragan.
Hulokuiylar davlatida moʻgʻul va turk koʻchmanchi qabila zodagonlari hukmron siyosiy kuch boʻlgan. Dastlabki elxonlar but-parast boʻlishgan. Hulokuiylar davlatiga kirgan mamlakatlar iqtisodi moʻgʻullar tajovuzi davrida butunlay barbod boʻlgan.
Hulokuiylar davlati hukmdorlaridan Gʻozonxon davrida mamlakat ahvolini yaxshilash maqsadida maʼmuriy va iqtisodiy islohotlar oʻtkazilgan. Gʻozonxon islohotlari Hulokuiylar davlati xoʻjaligini birmuncha yaxshilagan, lekin mamlakatda tovar ishlab chiqarishning kamayishi, shaharlarning tanazzulga uchrashi va juda katta iktoʼ yeriga ega boʻlgan zodagonlarning soliklardan ozodligi, mustaqil hara-katlari natijasida markaziy hukumat kuchsizlangan. Abu Said vafotidan soʻng Hulokuiylar davlatida yagona hukmdor qolmagan. Turli viloyatlarda alohida-alohida elxonlar hukmronlik qilgan. Ular oʻrtasidagi kurash, sarbadorlar qoʻzgʻo-lonlari natijasida Hulokuiylar davlati bir necha mus-taqil davlatlar (Muzaffariylar, jaloyiriylar va boshqalar)ga boʻlinib ketgan. Hulokuiylar davlatining oʻz oʻrdasi bilan Goʻrgonda koʻchib yurgan soʻnggi elxoni sarbadorlar hujumiga duch kelib halok boʻlgan (1353-yildek.).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |