Kontent qismiga oʻtish

Kurtlar davlati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kurtlar davlati, Kartlar davlati (12451389) — kurtlar sulolasi tomonidan Hirot vohasi va Gʻur togʻli viloyati hududida barpo etilgan davlat. Markazi — Hirot shahri Kurtlar davlati hulokuiylarga qaram boʻlsada, mustaqil boʻlishga intilgan. Shu sababli Hirot bir necha marta hulokuiylar qoʻshini tomonidan vayron va talon-toroj qilingan. Moʻgʻullar hokimiyati zaiflashgach (14-asr 2-yarmi), kurtlar amalda mustaqillikka erishgan. Muizaddin (133170) Murgʻob daryosi va Afgʻonistonning bir qismigacha boʻlgan sharqiy Xurosonning deyarli hamma qismini bosib olgan. Biroq Kurtlar davlati turli mulklarning nomigagiva harbiymaʼmuriy birlashmasi boʻlgani tufayli 14-asrning 80-yillarida Amir Temur tomonidan tobe etilib, tugatilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil