Boloyi hovuz madrasasi
Madrasa | |
Boloyi hovuz madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Sitorai Mohi Xossa |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Sitorai Mohi Xossa |
Asosiy sana: XVIII asr
| |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 19 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Boloyi hovuz madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.
Boloyi hovuz madrasasi XVIII asrda Shodimbiy otaliq masjidi guzarida[1], Buxoro xonligida hukmronlik qilgan ashtarxoniy hukmdor Subxonqulixonning xotini Sitorai Mohi Xossa tomonidan bunyod etilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Hujjatda madrasa zamon Bilqisi (Podshoh Bibi) Buxoro shahridagi Registoning gʻarbida, Shodimbiy otaliq masjidi guzarida yogʻoch va pishiq gʻishtdan xonaqoh, jome masjidi va oʻn toʻqqiz hujra qurdiradi. Madrasa gʻarbida voqif mulki, shimolida yoʻl, sharqida hovuz, janubida Shodimbiy otaliq madrasasi mavjud boʻlgan. Malika bu yerda kambagʻal miskinlar taʼlim olishi uchun madrasa qurdirgan. Madrasa va masjid faoliyatini taʼminlash maqsadida Xutfar tumanidagi Shoʻrcha mavzesida 1000 tanob xurri xolis yeri vaqf qilingan. Mutavvali voqifning oʻzi boʻlgan. Vaqf mablagʻlari esa ushrdan olingan. Boli hovuz madrasasiga oid yana bir qator vaqf hujjatlari topib oʻrganilgan. Madrasa Buxoro taʼlim tizimidagi uchinchi darajali toifadagi oliy oʻquv yurtlaridan biri hisoblangan. Tarixiy hujjatlarning birida madrasada banoraspoʻsh toifaga mansub mulla Ashur Muhammad ismli mudarris taʼlim berganligi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud. Abdulxoja Abdiy oʻz asarida Boloyi hovuz madrasasida „Nodir“ taxallusi bilan ijod qilgan mulla Doʻst talabalarga dars berganligini yozib qoldirgan[2]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 22 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3].
Boloyi hovuz madrasasi 19 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet.
- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.