Kontent qismiga oʻtish

Boris Granatkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boris Andreyevich Granatkin (1935-yil 9-noyabr, Novosibirsk, SSSR — 2008-yil 1-may, Тoshkent, O‘zbekiston) — sovet bokschisi va boks boʻyicha murabbiyi. SSSRda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, „Toshkent Dinamo“ sport jamiyati a’zosi. Toshkent jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

Boris Granatkin geolog Andrey Ivanovich Granatkin (Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan geolog) va Vera Fedorovna Berezina oilasida dunyoga kelgan. Uning ukasi Vladimir Andreyevich Granatkin 1937-2012-yillarda yashab o‘tgan.

Boris 13 yoshidan boshlab Toshkent shahrida boks bo‘yicha O‘zbekiston SSRning besh karra chempioni, SSSR sport ustasi, murabbiy Sidney Lvovich Jeksondan boksning sir-asrorlarini o‘rganishni boshlagan [1].

1956-yilda Granatkin Nelli Fedorovna Mokshevaga uylangan va 1960-yilda ularning o‘g‘li Igor tug‘ilgan.

Boris Granatkin uzoq yillar davomida SSSR terma jamoasining murabbiylar jamoasi a’zosi hisoblagan.

Bokschi 1974-yilda ikkinchi o‘rta vaznda jahon va SSSR chempioni (1974-yil Kuba), Olimpiya o‘yinlari finalchisi (1976-yil Monreal, Kanada) Rufat Risqiyevni tayyorlashda va „Dinamo“ sport jamiyati tomonida boksning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun SSSRda xizmat ko‘rsatgan murabbiy unvoni bilan taqdirlangan.

1979-yilda „Ringga chorlamoqda…“ filmi suratga olingan va ushbu filmga bosh qahramon sifatida bokschi Rufat Qudratovning murabbiyi Boris Andreyevich siymosi gavdalangan.

Boris Andreyevich Granatkin butun hayotini sportga, murabbiylik faoliyatiga bag‘ishlagan. Hattoki umrining so‘nggi kunlarigacha bokch bilan shug‘ullangan.

Murabbiy Boris Granatkin 2008-yil 1-mayda vafot etgan. Bokschi Toshkentdagi 1-son Botkin qabristonining 3-sonli kommunistik hududiga dafn etilgan.

  1. Ветераны бокса на сайте Федерации любительского бокса Узбекистана.